Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Tokio-2020. O‘zbekiston delegasiyasi bayroqdorlari o‘zgardi

Tokio-2020. O‘zbekiston delegasiyasi bayroqdorlari o‘zgardi

Baho:
+ | -

Bugun Tokio olimpiadasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Avvalroq O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi delegasiyamizning bayroqdorlik vazifasini bokschi Bobo-Usmon Baturov va gimnastikachi Oksana Chusovitinaga topshirgandi.

Ammo so‘nggi pallada bayroqdorlar o‘zgartirildi. Endi bu mas’uliyatni vazifani bokschi Bahodir Jalolov va taekvondochi Nigora Tursunqulova bajaradigan bo‘lishdi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimovning "O‘zbekiston 24" kanaliga bergan intervyusida o‘zgarishning sababi sifatida sportchilarning musobaqada ishtirok etish grafigi va sportchilarning fikri inobatga olinganini aytib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov Rio-2016 olimpiadasi ochilish marosimida ham O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarib chiqqandi.

Tokio-2020 olimpiya o‘yinlari ochilish marosimi Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 11:00, 23.07.2021.
O'qildi: 3736 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик