Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

«Manchester Yunayted»ning hujum chizig‘i haqida

«Manchester Yunayted»ning hujum chizig‘i haqida

Baho:
+ | -

Mana son-sanoqsiz mish-mishlar, uzoq kutishlar va transferlar oynasidan so‘ng Jeydon Sancho «Manchester Yunayetd»ga kelib qo‘shildi. Ingliz vingeri klubga 73 million funt sterlingga tushdi. Bu esa reja bo‘yicha «qizil iblislar» hujumini kuchaytirishga xizmat qilishi kerak. O‘tgan mavsumda klub Premiyer ligada jami 73 ta gol urgan. Sanchoning jamoaga qo‘shilishi bilan hujum yanada rang-barang ko‘rinishga ega bo‘ladi. Sulsherning yangi mavsumdagi hujum chizig‘i haqida ikki og‘iz fikr bildiramiz.

Sanchoning kelishi endilikda klubning yosh uelslik futbolchisiga kamroq daqiqalar taqdim etadi. Jeyms o‘tgan mavsumda Premiyer ligada jami 900 daqiqadan ko‘proq harakat qilgan. Ushbu shartnoma Markus Reshfordning pozisiyasiga ham ta’sir etishi mumkin. U endilikda chap qanot hujumchisidan farqli o‘laroq, markazlashadi. O‘tgan mavsum Sulsher jamoasida Kavani va Grinvud juftligi yaxshi samar berganiga guvoh bo‘lgandik. Yosh futbolchining tezligi va tajribali forvardning harakatlari muvaffaqiyatli chiqqan edi. Sanchoning kelishi esa bu juftlik harakatlariga ijodiylik qo‘shishi mumkin. 2020-2021 yilgi mavsumda chapda Marsial o‘ngda esa Reshford ko‘proq harakat qildi. Edinson esa asosan markaz bilan bog‘langan edi.

Marsial o‘tgan mavsum ancha kam ko‘rinish berdi va to‘rtta gol ura oldi, xolos. Yangi mavsumdan Sancho va Marsial tandemi hosil qilinsa, uning yordami bilan fransuzning ishlari yurishib ketishi aniq. «Borussiya»da 137 ta o‘yinda 64 ta golli uzatma qayd etgan Sanchodan mahsuldorlik kutish o‘rinli bo‘ladi, albatta. Bu borada norvegiyalik mutaxassis qarorlariga ko‘p narsa bog‘liq. Agar yuqoridagi juftlik varianti sinab ko‘rilsa, foydadan holi bo‘lmaydi.

Sulsher endi har bir o‘yinda Kavaniga imkoniyat bera olmaydi. Negaki, uni qo‘lida yetarlicha tanlov mavjud. Oldinda 3 ta ingliz yoshlarining harakati katta ehtimol bilan o‘zini oqlaydi. Ularni ustunligi esa asosan tezligida. Reshford va Grinvud o‘yin davomida almashinib harakat qilishiga hojat qolmaydi. Chunki endi maydonda ularni bog‘laydigan Sancho bo‘ladi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, Sulsher hujumida Reshford o‘ta muhim figuraga aylangan. U o‘tgan mavsum davomida barcha turnirlarda 57 marta maydonga tushgan. Bu klub miqyosida ikkinchi ko‘rsatkichdir. Kavani esa kechroq maydonda harakat boshlaganiga qaramay, so‘nggi 11 ta o‘yinda 10 ta gol va 3 ta assist muallifiga aylandi. Umuman olganda endi Sulsher hujumda istaganicha ijodkorlik qilishi mumkin. Bugun klub odindagi uch inglizdan tashqari, Kavani, Jeyms Diallo kabi ijrochilarga ega bo‘ldi. Yana shuni ham unutmaslik kerakki, ularni sifatli uzatma bilan ta’minlab turuvchi Bruno Fernandesh ularning ortida harakat qiladi.

Ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 08:32, 24.07.2021.
O'qildi: 5126 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.