Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Ertaga O‘zbekiston futzal terma jamoasi “Continental” xalqaro turniridagi ishtirokini boshlaydi

Ertaga O‘zbekiston futzal terma jamoasi “Continental” xalqaro turniridagi ishtirokini boshlaydi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, O‘zbekiston futzal terma jamoasi 25-30 iyul kunlari Tailandda tashkil etilayotgan “Continental” xalqaro turnirida qatnashadi.

Mazkur turnirda umumiy hisobda 8 ta mamlakat vakillari ishtirok etadi va ulardan 5 ta jamoa 2021-yilgi Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqqan hisoblanadi. Ular O‘zbekiston, Tailand, Eron, Misr va Litva futzal terma jamoalari.

Musobaqaning A guruhida futzalchilarimiz Tailand, Kosova va Mozambik vakillariga qarshi kurash olib boradi. Eron, Misr, Tojikiston va Litva futzal terma jamoalari esa B guruhidan joy egallaydi.

Ertaga futzalchilarimiz ushbu musobaqadagi o‘z ishtiroklarini boshlaydi. Bangkok shahridagi “Show DC” markazida o‘tadigan dastlabki bahsda terma jamoamizga Kosova vakillari raqiblik qiladi. Mazkur uchrashuv yurtimiz vaqti bilan soat 13.00 da start oladi.

Kosova futzal terma jamoasi turnirga qadar Gollandiya bilan ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib,
ikkisida ham imkoniyatni boy bergan (0-3, 1-3). Tailand vakillari esa may oyida Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun iroqliklar bilan kurash olib borib, ikki bahsni ham o‘z foydasiga hal etgan (7-2, 4-0).

Guruhda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar 29-iyul kungi yarimfinal o‘yinlariga yo‘llanma oladilar. Final uchrashuvi 30-iyul kuni tashkil etiladi.

“Continental” xalqaro futzal turniri

A guruhi

Tailand
O‘zbekiston
Kosova
Mozambik

B guruhi

Eron
Misr
Tojikiston
Litva

O‘zbekiston futzal terma jamoasi ishtirokidagi guruh bosqich uchrashuvlari

1-tur | 25.07.2021
13.00 | O‘zbekiston - Kosova

2-tur | 26.07.2021
13.00 | Mozambik - O‘zbekiston

3-tur | 27.07.2021
15.00 | Tailand - O‘zbekiston

Manba: Uzbekistan Football Association
Kiritildi: 15:51, 24.07.2021.
O'qildi: 2552 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.