Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Superliga. “Metallurg” – “Qizilqum”. Prevyu

Superliga. “Metallurg” – “Qizilqum”. Prevyu

Baho:
+ | -

“Metallurg” Navoiyning  “Qizilqum” jamoasi bilan shu kungacha O‘zbekiston chempionatlarida 42 bor kuch sinashgan. Mazkur o‘yinlarning 14 tasi “Metallurg” g‘alaba qozongan. 11 ta uchrashuvda kuchlar teng kelgan. 17 ta o‘yinda esa “Qizilqum” jamoasining qo‘li baland kelgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi 57:53, vohaliklar foydasiga. “Metallurg”ning bu raqibi ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g‘alabasi 4:1 (2006, 2019) ni tashkil etadi. “Qizilqum” esa bitta uchrashuvda bekobodliklar darvozasiga javobsiz beshta to‘p (0:5, 2006) yo‘llagan.

Ushbu jamoalarning Bekobodda bo‘lib o‘tgan 21 ta uchrashuvidan 11 tasida maydon egalari g‘alaba qozonishgan bo‘lishsa, 5 ta uchrashuvda jamoalar durangga imzo chekishgan. 5 ta o‘yinda mehmonlar zafar quchishgan. Bu uchrashuvlarda “Metallurg” raqiblari darvozasiga 38 ta gol kiritib, o‘z darvozasidan 23 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.

Quyida Bekobodda bo‘lib o‘tgan so‘nggi olti uchrashuv natijasi bilan tanishing:

12.08.2020    Metallurg  –  Qizilqum  1:2  
12.08.2019    Metallurg  –  Qizilqum  4:1  
12.08.2018    Metallurg  –  Qizilqum  2:1  
19.06.2017    Metallurg  –  Qizilqum  3:1
14.10.2016    Metallurg  –  Qizilqum  1:0
27.06.2015    Metallurg  –  Qizilqum  4:2

“Qizilqum” haqida

Navoiyning Qizilqum jamoasiga 1967 yilda asos solingan. Dastavval jamoa Zarafshon shahrida “Progress” nomi bilan tashkil etilgandi. Mamlakat mustaqilligiga qadar jamoa viloyat, respublika birinchiligi hamda sobiq Ittifoq chempionati ikkinchi ligasida o‘ynagan. 1992 yilda O‘zbekiston birinchiligida qatnashib kelgan jamoa 1999 yili quyi ligada 3-o‘rinni egalladi va oliy ligaga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 1994 yildan “Qizilqum” nomi bilan yuritib kelinayotgan jamoa oliy ligadagi uchinchi mavsumida eng yuqori natijasini qayd etdi, ya’ni bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Bugungacha navoiyliklar kuchlilar safida 620 ta uchrashuv o‘tkazib, shulardan 220 tasida g‘alaba qozongan, 136 o‘yinda durangga erishgan, 264 o‘yinda esa imkoniyatni boy bergan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 755:891.

“Qizilqum” jamoasining oliy ligadagi eng yirik g‘alabasi – 7:0 (2003 yil, “Guliston”), eng yirik mag‘lubiyati – 0:11 (2007 yil, “Paxtakor”) tashkil etadi.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 08:21, 29.07.2021.
O'qildi: 1741 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.