Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv 0-2 OKMK
14/05 22:30 Osasuna 1-1 Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis

G‘ulom-Haydar Gulyamov: "Yuqori o‘rinlar uchun kurashayotganda asosiy raqobatchilarni mag‘lub etish kerak bo‘ladi"

G‘ulom-Haydar Gulyamov: "Yuqori o‘rinlar uchun kurashayotganda asosiy raqobatchilarni mag‘lub etish kerak bo‘ladi"

Baho:
+ | -

Coca Cola Superligasi 14-turi doirasida AGMKga qarshi bahsdan oldin "Lokomotiv" futbolchisi G‘ulom-Haydar Gulyamov klub matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirdi.

- Oldinda kutib turgan AGMKga qarshi bahs haqida nimalar deya olasiz?

- O‘z maydonimizda "Nasaf"ni mag‘lub etganimizdan keyin o‘zimizga bo‘lgan ishonch oshdi.
Chunki "Nasaf" kuchsiz jamoa emas, doimiy ravishda sovrinli o‘rinlar uchun kurashib keladi.
Tarkibi yosh bo‘lgani uchun futbolchilar kuchga to‘la. Shunday jamoani biz mag‘lub eta oldik.
O‘z navbatida AGMK ham shunday jamoa. Bir necha yillardan buyon tarkibni barqaror ushlab
turishibdi va yuqori o‘rinlar maqsad qilinmoqda. Tarkibning asosi tajribali futbolchilardan iborat.
Shu boisdan qiziqarli o‘yin bo‘lishini kutyapman.

- Hazil savol. "Nasaf" asosiy hujumchilarimizsiz mag‘lub etilgandi. Shu tariqa AGMKni ham yutsa bo‘ladimi?

- Murabbiylar har xil bo‘ladi. Kimlardir g‘olib jamoani o‘zgartirishni istamaydi. Kimlardir esa
o‘yingacha tayyor bo‘lganlarni maydonga tashlaydi. Temurxo‘ja tayyor bo‘lsa uni tashlash kerak
yoki Marat ham shunday. O‘tgan bahsda biz himoyalanayotgan paytimiz Azizning juda ko‘p
yordami tegdi. AGMKga qarshi bahsda ham murabbiylarning ko‘rsatmalarini kutamiz. Ular
barcha yo‘l-yo‘riqlarni berishadi. Ammo zaxirada kim qolib ketsa ham uni jamoa uchun kerak
bo‘lmagan futbolchi deya olmayman.

- Har bir uchrashuvda g‘alabalarga erishish va ochkolarni qo‘lga kiritish uchun nima qilish kerak?

- Barcha bahslarda o‘zimiz istagan o‘yinni ko‘rsata olishimiz kerak. Maksimal ravishda ochko
yig‘gan taqdirimizda ham raqiblar ochko yo‘qotishi mumkin. Undan tashqari, asosiy
raqobatchilarimizni yutishimiz kerak bo‘ladi. Biz birinchi, ikkinchi yoki uchinchi o‘rinlar uchun
kurashyapmizmi, demak, aynan ularni mag‘lub etishni bilishimiz darkor. Yuqoridagilarga ko‘p
mag‘lub bo‘layotganimiz uchun biz turnir jadvalining o‘rta pog‘onalarida bo‘lib turibmiz.
Birinchi davrada AGMK, "Paxtakor", "Navbahor" kabi jamoalar bilan uchrashuvlarda biroz
omad yetishmadi. Agarda ikkinchi davrada ularni yuta olsak, turnir jadvalida yuqorilashimiz
mumkin.

Manba: "Локомотив" матбуот хизмати
Kiritildi: 17:41, 05.08.2021.
O'qildi: 1847 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.