Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino 2-3 Lasio
29/09 17:00 Selta 1-1 Jirona
29/09 17:30 Braziliya 3-1 Marokash
29/09 18:00 Roma 2-1 Venetsiya
29/09 18:00 Komo 3-2 Verona
29/09 18:00 Ipsvich 2-2 Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao 1-1 Sevilya
29/09 20:00 Ukraina 9-4 Venesuela
29/09 20:30 Man. Yunayted 0-3 Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 17:30 Fransiya - Paragvay
30/09 20:00 Qozog‘iston - Argentina
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

Fransiya chempionligi uchun kurash

Fransiya chempionligi uchun kurash

Baho:
+ | -

Fransiya milliy chempionatiga bugun start beriladi. Bu yilgi chempionlik poygasi qattiqroq va shiddatliroq kechishi kutilmoqda. Negaki, «PSJ» o‘tgan mavsumda ayrilgan toji uchun kurashga qaytadan kiradi. Mouriso Pochettino o‘tgan yili yanvar oyida jamoaga kelgan va u uchun rasman ilk to‘liq mavsum boshlanmoqda. Parij giganti transferlar bozorida juda ham faol bo‘ldi va bir nechta yulduzlarni tarkibiga qo‘shib oldi. Xususan, «Liverpul»dan kelgan Viynaldum jamoa markaziy zonasini kuchaytirdi. U klubni 4-2-3-1 sxemasi uchun sharoit yaratib beradi. Shuningdek, 4-3-3 optimizasion hujumkorlikka ham mos tushadi. Niderlandiyalik futbolchi Yevroni yaxshi o‘tkazdi va aytish mumkinki klub yarimhimoyasiga dinamizm bera oladi. Yana bir xarid – bu marokashlik Ashraf Hakimi. U sal oldin «Inter»dan 54 million yevroga olib kelindi. Afsonaviy himoyachi Sexio Ramos esa tekinga transfer qilindi. Jamoaning yozgi transferdagi yana bir katta yutug‘i bu Donnarummaning kelishi bo‘ldi. U ham jamoaga bepul kelib qo‘shildi. 22 yoshli darvozabon Yevropa chempioni bo‘di va turnirning eng yaxshi o‘yinchisiga aylandi.

«Lill» oxirigacha kurash olib boruvchi jamoalar sirasiga kiradi. «Les Dogues» o‘tgan mavsum barchani hayratda qoldirib, mamlakat chempioniga aylandi. Biroq ularning tarkibi yangi mavsum uchun qay darajada ekanligi o‘ylantiradigan savolga aylangan. Bosh murabbiy Kristofer Galtiyer «Nitsa»ga jo‘nab ketgan. Uning o‘rniga sobiq «Bordo» klubi ustozi Yoselin Gurvanek keltirildi. U jamoa shakklantirishi uzoq vaqtni olishi mumkin. Klub esa o‘yinchilarni ko‘pini sotib yubordi. Xususan, darvozabon Mayk Maignan «Milan»ga yo‘l oldi. Yarimhimoyachi Bobokari Sumari esa «Lester» uchun «o‘lja» bo‘ldi. Hujumchi Burak Yilmaz 36 yoshda va uning o‘zi yetarli bo‘lmasligi mumkin. U o‘tgan mavsum jamoasi bilan 28 ta o‘yinda 16 ta gol urib, shov-shuvga aylangandi. Xullas, klub YCHL yo‘llanmasi uchun qattiq kurash olib borsada, chempionlikni himoya qilishi so‘roq ostida qolgan.

«Marsel» klubi ham 2020-21 yilgi mavsumni yomon o‘tkazmadi. Braziliyalik hujumchilari Luan Perez hamda Gerson bilan muvaffaqiyatli o‘yin namoyish eta oldi. 24 yoshli Gerson hujumkor yarimhimoyachi bo‘lib, 2019 yilda Libertadores kubogini qo‘lga kiritgan va uning qobiliyatiga shubha yo‘q. Amerikalik vinger Konrad Fuente ham ajoyib o‘yinlar namoyish etishga qodir futbolchi. U «Barselona»dan kelgan bo‘ib, 20 yosh va o‘zini ko‘rsatishga hali vaqti ko‘p. Qolaversa, tajribali Dmitri PaYE, sobiq «Arsenal» juftligi Genduzi va Salibalar ham xizmatga shay turishibdi. Argentinalik taktik murabbiy Xorxe Sampoli esa barcha futbolchilardan unumli foydalana oladigan mutaxassisdir. Xullas, yangi mavsumda eng qattiq qarshilikni janubiy shahar vakillaridan kutish o‘rinli bo‘ladi.

«Monako» klubi doimo o‘ziga xos uslubga ega bo‘lib kelgan jamoalar qatoriga kiradi. Niko Kovach shogirdlari o‘tgan mavsumni chempionlardan atigi, 5 ochko kam to‘plagan holda yakunlashdi. Ular 38 ta o‘yinda 118 ta gol urishga erishgan. Bu natijada har bir o‘yinda o‘rtacha 3.11 ta goldan to‘g‘ri keladi. Mavsum davomida faqat «Monpelye»(122) hamda «Lion»(124) klublari bu ko‘rsatkichda yuqoriroq turishadi, xolos. 2021 yilda ochko to‘plash bo‘yicha enga yaxshi ko‘rsatkich ham aynan «Monako»ga tegishli(51). Kovach yangi mavsum uchun jamoaning asosiy futbolchilarini, jumladan Fabregasni saqlab qola olgan va tish-tirnog‘igacha «qurollanib» turishibdi.

 

Jaloliddin ISMATOV tayyorladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:35, 06.08.2021.
O'qildi: 1962 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.