Barselona shahrining dunyoga mashhur klubi bir necha yildan buyon inqirozli vaziyatlarga chalinib qolgan. Shundog‘am ichki vaziyati qoniqarli bo‘lmagan klubga 2020 yil boshidan buyun koronavirus tufayli boshlangan moliyaviy inqiroz zahm bermoqda. Messi ketdi. Bunga ham mana shu inqirozni asosiy sabab qilib ko‘rsatish mumkin. Qolaversa, klub siyosati ham futbolchilarga qaratilgan qattiq yo‘v bo‘layotgan edi. Yangi prezident Laporta davrida ko‘p narsa o‘zgartirilmoqda. Xususan, Messisiz umuman yangi «Barsa»ni qurish aynan ushbu prezident hamda niderlandiyalik mutaxassis Ronald Kumanga topshirilgan.
Tan olish kerak, global inqiroz barcha klublarning moliyaviy zahiralariga qattiq zarba bo‘ldi. Ayniqsa grant klublar bundan ancha qiynalmoqda. Tashqi homiylarga eng ko‘p bog‘langan tarmoq egasi bo‘lgan klub, endi futbolchilarni maoshini qisqartirish bilan ovvora bo‘lib turibdi. Ammo oldinga qarab yurish, kelajakni qurish lozim. Bunda jamoa oldida bitta va eng to‘g‘ri yo‘l bor. Naqd puli bo‘lmagan klub o‘z akademiyasi va olib kelingan yoshlariga suyanishi, Ronald Kuman esa mana shu tendensiyani shakllantirishi talab etiladi. Ular o‘tgan mavsumda ichki va Yevropa chempionatlarida nisbatan past darajadagi o‘yin ko‘rsatgan edilar. Yuqorida aytilgan, suyanilishi mumkin bo‘lgan yoshlardan biri bu Yusuf Demirdir. 18 yoshli futbolchi Lionel Messidan keyin jamoa tarkibida debyut qilgan eng yosh chet ellikka aylandi. U «Atletik»ka qarshi kechgan mehmondagi durang bahsda maydonga tushirilgan edi.
To‘g‘ri, yana bir talant Pedri ham o‘ta yosh bo‘lishiga qaramay, o‘tgan yili YECHL bahslarida, qolaversa terma jamoada ham debyut qilishga ulgurgan. Uning kelajagi porloq ekaniga shak-shubha yo‘q. Boshqa tomondan esa Yusuf Demir yangi va ochilmagan qirralari mavjud. U tez orada La liga himoyachilarini daxshatga solishi mumkin bo‘lgan pleymeykerga aylanishi mumkin. Avstriyalik qanot futbolchisi aytilganidek, 18 yoshda. Uning ilk o‘yinidan xulosa qilish mumkinki, 2004 yildagi Messi tez orada qaytishi mumkin. Belgilangan shartlarga ko‘ra, Demir 9 million funt miqdordagi shartnoma orqali keyingi yozda sotib olish varianti bilan «Barselona»ga Avstriyaning «Rapid» klubidan ijaraga olingan. Futbolchi haqida uning debyutidan keyin Kuman shunday deydi: «Demir «San-Mames»da o‘ynashga biroz qiynaldi. Chunki u hali ham yosh va tajribasiz. Lekin bu narsa uning karyerasini yuqori darajada davom ettirish uchun yaxshi tajriba bo‘lishi aniq».
Demirning o‘zi ham «Barça TV»ga itervyu berdi: «Shunday ajoyib klub uchun o‘ynash menga katta sharaf bag‘ishlaydi. Men bolalikdagi orzum ro‘yobga chiqqanini ko‘ryapman. Men klub darajasida o‘yin ko‘rsatish uchun qattiq mehnatga tirishaman. Debyut o‘yinimdan juda mamnunman».
Yusuf Demir Vena shahrida turk oilasida dunyoga kelgan. U 2013 yilda, 10 yoshida «Rapid» akademiyasiga beriladi. Klubda ilk o‘yinini 17 yoshida Avstriya Bundesligasi doirasida o‘tkazadi. Uning harakatlari tez orada «Dortmund», «Zalsburg» hamda «Inter» kabi jamoalar skautlarining nazariga tushadi. Ammo u «Barsa»da o‘ynashni xohladi va Ispaniyaga yo‘l oldi. Shu bilan uning porloq yo‘liga tamal toshi qo‘yildi. Qolgani esa turk o‘g‘lonining harakati, mehnati va tole’iga bog‘liq. «Barselona» esa mana shunday yoshlarga o‘yin berish orqali tiklanishni reja qilgan. Bunda Ronald Kumanga katta ma’suliyat yuklanadi, albatta. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.
Ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi