Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

PSJ Mbappening o‘rnini qaysi hujumchi bilan to‘ldirgani ma’qul?

PSJ Mbappening o‘rnini qaysi hujumchi bilan to‘ldirgani ma’qul?

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, so‘nggi kunlarda PSJ hujumchisi Kilian Mbappe uchun Madridning «Real» klubi bir nechta rasmiy takliflarni yuborgan va futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish ustida jiddiy ishlamoqda.

PSJ klubi hali fransiyalikni sotmagan bo‘lsada, uning o‘rniga olib kelish uchun bir nechta variantlarni ko‘rib chiqmoqda.

Ayni vaqtda Parij klubi short-listidan uch nafar hujumchi o‘rin olgan:

1. Erling Xoland («Borussiya» Dortmund)

2. Robert Levandovski («Bavariya»)

3. Risharlison («Everton»)

Endi shu variantlarga atroflicha to‘xtalib o‘tishga harakat qilamiz.

Erling Xoland. Norvegiyalik strayker ayni paytda dunyoning eng kuchli hujumchilari uchligiga bemalol kira oladi. Uning boshqalardan ajralib turadigan xususiyatlari ko‘p. Tezlik va kuch, vaziyatlardan unumli foydalanish ko‘rsatkichining yuqoriligi va fikrlash bo‘yicha u boshqa hamkasblaridan anchagina o‘zib ketgan. U endigina 21 yoshda va PSJ mazkur futbolchini o‘z safiga qo‘shib olsa, kamida 10 yil davomida markaziy hujumchi haqida o‘ylamasa ham bo‘ladi. Ammo, Xolandni arzon narxga qo‘lga kiritishning iloji yo‘q va kami 150 mln yevro sarf etilsa kerak.

Robert Levandovski. Polshalik forvard ayni paytda jahonning eng kuchli markaziy hujumchisi sanaladi. Tajriba va klass bo‘yicha u hatto Xolanddan ustun. Vaziyatlardan foydalanish bo‘yicha imkoniyatlarini oxirgi 5 mavsumda ko‘rib kelmoqdamiz. Biroq, uning yoshi 33da va PSJ Levandovskini sotib olsa 2-3 yildan keyin yana shu masalaga duch kelishi aniq.

Risharlison. Braziliyalik hujumchi «Everton»da ham Tokyo-2020 olimpiyadada ham o‘z mahoratini ko‘rsatdi. Uning texnikasi yuqori va vaziyatlarning aksariyatini gol bilan yakunlaydi. Neymar bilan terma jamoada yaxshi tushunib o‘ynashi, unga PSJda ham qo‘l kelishi mumkin. Uning kamchiligi yo‘q deb ayta olmaymiz. Top darajadagi hujumchi bo‘lish uchun unga kamida yana bir mavsum o‘zini ko‘rsata olishi talab etiladi. U 24 yoshni qarshi olgan bo‘lsada, Xolandchalik mashhur emas va ko‘pchilikning e’tiboriga tushib ulgurmagan. Shu boisdan, Mbappening o‘rni Risharlison bilan to‘ldirilsa, klub zaiflashgandek ko‘rinib qolishi mumkin.

Qadrli saytimiz o‘quvchisi, siz qaysi hujumchi Kilian Mbappega munosib o‘rinbosar bo‘la oladi deb hisoblaysiz? Sizning fikringiz biz uchun muhim.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:08, 28.08.2021.
O'qildi: 5338 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.