Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo 5-0 Piza
22/03 17:00 Nyukasl 1-2 Sanderlend
22/03 18:00 Barselona 1-0 Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta 1-0 Verona
22/03 19:00 Bolonya 0-2 Lasio
22/03 19:15 Aston Villa 2-0 Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem 0-3 Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta 3-4 Alaves
22/03 22:00 Roma 1-0 Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao 2-1 Betis
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

Tokio-2020. Suzish. Musabekov va Toshpo‘latova finalga yo‘l olishdi

Tokio-2020. Suzish. Musabekov va Toshpo‘latova finalga yo‘l olishdi

Baho:
+ | -

Tokio-2020 paralimpiadasining navbatdagi kuni ham boshlanib ketdi. Uch nafar suzuvchimiz saralash bahslarida ishtirok etishdi.

Erkaklar o‘rtasida S13 tasnifida 100 metr masofaga brass usulida suzish bo‘yicha saralash bahslarida hamyurtimiz Firdavsbek Musabekov ishtirok etdi. U 1:06.42 daqiqa vaqt bilan o‘z guruhida 2-o‘rinni egalladi va final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Musabekov ishtirokidagi final bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 15:02 da boshlanadi.

Shuningdek, biroz avval para suzish bo‘yicha ayollar o‘rtasida S13 klassida 100 metr masofaga brass usulida suzish bo‘yicha saralash bahslari yakunlandi. Ushbu saralashda 2 nafar hamyurtimiz – Shohsanamxon Toshpo‘latova hamda Nigoraxon Mirzohidova ishtirok etdi. Toshpo‘latova 1:21.60 daqiqa vaqt bilan 4-o‘rinni egalladi va final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Afsuski, 1:28.12 daqiqa vaqt sarflagan Mirzohidova marraga 7-o‘rinda yetib keldi va saralashdan o‘ta olmadi.

Eslatib o‘tamiz, Shohsanamxon Toshpo‘latova ishtirokidagi final bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 15:08 da boshlanadi.

Manba: paralympic.uz
Kiritildi: 07:04, 01.09.2021.
O'qildi: 3438 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик