Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Xayrulla Hamidov maqolasi: Paradoks

Xayrulla Hamidov maqolasi: Paradoks

Baho:
+ | -

Futboldagi ba’zi narsalarni hayotimizga o‘xshataman.

Pandemiya davrida katta, olamshumul transferlar bo‘lmaydi, deyishgandi. Top-klublarning sharoiti ko‘tarmaydi, hamma ko‘rpasiga qarab oyoq uzatadi va bu jarayon o‘ziga kelguniga qadar hammani lol qoldiradigan jamoalar kichik-kichik savdolar bilan cheklanib turishadi, deyishgandi.   

Atrofga qarayman. Pandemiya davrida odamlar ancha qiynalib qolishdi. To‘ylar ixchamlashdi, endi rosa kam to‘y ko‘rsak kerak, deb o‘yladik. Lekin bilishimcha to‘ylar soni ko‘paydi. Chunki sharoit aslida yaxshilashdi. Oldin to‘y qilolmaganlar ham 30 kishi bilan maraka o‘tkazib, turmushli bo‘lib qolishdi.

Transfer olamidagi voqealar ham shunga o‘xshash. Pullar kamayishi katta transferlarga to‘sqinlik qila olmadi. Qaytanga tekinga, erkin agent bo‘lib o‘tadigan megayulduzlar jamoasi paydo bo‘ldi. Realu Barsaning sardorlari tekinga ketishdi jamoalaridan. Dedlaynning oxirgi soniyalarida esa, Mbappe transferini kutib o‘tiribmiz. Qarang ahvolni!

Ha, azizlar, Ramos "Real"ni, Messi "Barsa"ni bir transfer oinasida tark etdi, tushunyapsizmi? Ronaldu va Grizmann o‘zi tetapoya bo‘lgan klubiga qaytdi. Shu, birgina yozgi transfer payti. Tag‘in, Mbappe o‘tmasa, xafa bo‘lib qo‘yyapmiz, Xolland sotilmadi-ya, deb ajablanyapmiz. Bir mavsumning o‘ziga shuncha savdo, shuncha ko‘chishlar. Yetar, a? Keyingi yilga ham qolsin.

Ertaga pandemiya tarqab hamma yana dabdabali to‘ylarga berilib, to‘ylar soni kamayib ketgani kabi 2022 yilgi saratonda pashsha qo‘rib o‘tirsak kerak. Hech qanday zo‘r transfer bo‘lmadi-da, deb. Lekin, bilib qo‘ying shuni, o‘shanda ham "Bavariya" hech narsani sezmaganday arzonga Zabiser kabi raqib kuchlarini kesib olayotgan bo‘ladi.

Bularga virus ham ta’sir qilmadi. Boshqa sayyorada yashayotgandek tutadi o‘zini Myunxen superklubi. Balki shuning uchun ham takrori yo‘qdir uning?

Xayrulla Hamidov.

Manba: @xayrulla_hamidov
Kiritildi: 07:30, 01.09.2021.
O'qildi: 11007 marta.
Fikrlar: 28 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик