Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

«Real» «Selta»ga qarshi o‘yinda tarkib muammosiga duch keladi

«Real» «Selta»ga qarshi o‘yinda tarkib muammosiga duch keladi

Baho:
+ | -

«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti «Selta»ga qarshi bo‘ladigan o‘yinda tarkib bilan bog‘liq muammolarga duch keladi. Jamoaning 6 nafar futbolchisi La liganing 4-turi doirasidagi bahsda "Qirollik klubi"ga yordam bera olmaydi.

Toni Kroos va Luka Modrich jarohatdan so‘ng tiklanishda davom etishmoqda. Modrich terma jamoasi safiga yo‘l olgan bo‘lsa-da, Xorvatiyaga yordam bera olmadi.

Vinisius, Kazemiro va Militao Braziliya terma jamoasi safida JCH-2022 saralash bosqichi doirasida Peruga qarshi o‘yinda ishtirok etishi kutilmoqda. Ular ikki kundan keyin bo‘ladigan o‘yinda qatnashishga tayyor bo‘lishmasa kerak.

Urugvaylik Fede Valverde ham shunga o‘xshash vaziyatda. U payshanba kuni Ekvadorga qarshi bahsda maydonga tushganidan so‘ng jismoniy jihatdan tiklanishga ulgurmaydi.

Shu tariqa, Karlo Anchelotti maydon markaziga jamoaning yangi futbolchisi Eduardo Kamavingani maydonga tushirishga majbur bo‘lishi mumkin.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 23:10, 08.09.2021.
O'qildi: 5832 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик