Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

APL. Ronaldu "Vest Xem"ga qarshi oxirgi 4 uchrashuvda 5 gol va 1 assist qayd etgan (prevyu)

APL. Ronaldu "Vest Xem"ga qarshi oxirgi 4 uchrashuvda 5 gol va 1 assist qayd etgan (prevyu)

Baho:
+ | -

Angliya chempionati 5-tur doirasida "Manchester Yunayted" safarda "Vest Xem" mehmoni bo‘ladi.

Bilasizmi?

"Vest Xem" bosh murabbiyi Devid Moyes 2014 yil "Manchester Yunayted"ni tark etganidan beri "qizil iblislar"ga qarshi o‘yinlarning birortasida g‘alaba qozona olmadi (2 durang, 5 mag‘lubiyat).

Krishtianu Ronaldu APL doirasida "Vest Xem"ga qarshi oxirgi 4 o‘yinida 6 golli vaziyatlarda ishtirok etgan - 5 gol, 1 assist. Shunga qaramay, portugaliyalik Premyer-Ligada «bolg‘achilar»ga uch marta imkoniyatni boy berib qo‘ygan. Faqatgina «Chelsi» klubi APLda Ronalduni boshqa jamoalarga qaraganda ko‘proq yutishga muvaffaq bo‘lgan (4 marta).

"Vest Xem" Premyer-Ligadagi so‘nggi 7 uchrashuvida mag‘lubiyatga uchramadi (4 g‘, 3 d). Bu ularning 2016 yilning fevral-aprel oylarida 10 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasidan keyingi eng uzun yutqazmayotgan davri bo‘lib turibdi.

Pol Pogba joriy mavsum APLda 7 assist muallifiga aylanishga ulgurdi. Bu uning oldingi ikki musobaqadagi assistlari sonidan (6) ham ko‘p. Shuningdek, musobaqaning ilk 4 o‘yinida rekord darajali assist muallifiga aylandi.

Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Martin Atkinson

Qanot hakamlari:Li Bits, Richard Vest

Zaxira hakami: Devid Kyut

VAR: Darren Ingland

VAR yordamchisi: Den Robatan

Yo‘qotishlar

MYU ustozi Ole Gunnar Sulsher payshanba kungi matbuot anumanida "Vest Xem"ga qarshi uchrashuv haqida gapirib o‘tdi.

Sulsher jamoasi 4 kun ichida «bolg‘achilar» bilan ikki bor to‘qnash kelishadi. Bugun va chorashanba kuni Angliya kubogi uchinchi bosqichida.

Edinson Kavani hali ham yaqinda orttirgan jarohatlaridan tiklanmoqda va bugungi poytaxtga bo‘ladigan safarni o‘tkazib yuboradi.

"Balki, Kavani chorshanba kungi o‘yin uchun jalb etilishi mumkin, chunki u o‘tgan mavsumni fantastik darajada o‘tkazdi. Balki, dushanba kuni", - dedi Ole.

"Edinsonning jamoaga ta’siri juda katta, chunki u shu turdagi shaxsiyatga ega futbolchi. U top-professional va safga qaytishni ortiq kuta olmayapti. Maydonga qaytish uchun juda qattiq mehnat qilmoqda.

Amad va Markus Reshford jarohati bois, yakshanba kkungi o‘yinni o‘tkazib yuborishadi. Din Xenderson va Fil Jons esa o‘tgan hafta «Arsenal»ning 23 yoshgacha jamoasiga qarshi o‘yindan keyin asosiy jamoaga qaytishmoqda".

"Vest Xem" safida asosiy yo‘qotish - bu shubhasiz Maykl Antonio. Qizil kartochka olgani uchun bugun bahsni o‘tkazib yuboradi. Uinston Reid jarohat olgan va uning harakat qilishi so‘roq ostida.

"Qizil iblislar" safida shuningdek, Aleks Telles va Skott MakTomini jarohatlaridan forig‘ bo‘lishgan bo‘lsa-ham, ularning maydonga tushishi so‘roq ostida.

 

Taxminiy tarkiblar

Vest Xem - Fabianski, Douson, Zuma, Ogbonna, Soufal, Rays, Souchek, Kresvell, Benrahma, Fornals, Bouen.

Manchester Yunayted - De Xea, Van-Bissaka, Maguayr, Varan, Shou, Fred, MakTomini, Fernandesh, Pogba, Grinvud, Ronaldu.

 

Raqamlar

"Manchester Yunayted" APLning oxirgi 28 safar o‘yinida mag‘lub bo‘lmay kelmoqda.

"Vest Xem" Premyer-Liganing so‘nggi 10 bahsidan sakkiztasida kamida ikkitadan gol kiritgan.

"Vest Xem" oxirgi 7 uchrashuvda mag‘lubiyatga uchramadi (Premyer-Liga).

Tomonlar APLda o‘zaro 50 marta to‘qnash kelishgan. Shular 30 uchrashuvda mankunianliklarning qo‘li baland kelgan. 7 bellashuvda londonliklar g‘alaba qozonishgan. 13 o‘yinda esa g‘olib aniqlanmagan.

 

Eslatib o‘tamiz, "Vest Xem" - MYU o‘yini Toshkent vaqti bilan bugun soat 18:00da start olishi rejalashtirilgan.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:06, 19.09.2021.
O'qildi: 4009 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.