Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

YECHL. Messisiz «tishsiz» sherga aylanib qolgan «Barselona» haqida

YECHL. Messisiz «tishsiz» sherga aylanib qolgan «Barselona» haqida

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatida o‘z o‘rnini yo‘qotib qo‘ygan va inqirozni boshidan kechirayotgan «Barselona» joriy mavsum Chempionlar Ligasida munosib ishtirok etishiga ishonish qiyin.

Jamoa yozgi transferlar oynasi ochiq paytda Lionel Messi va Antuan Grizmanni yo‘qotdi. Ushbu o‘zgarish, ayniqsa Leoning deyarli 20 yillik faoliyatidan keyin klubni tark etishi «Barselona» muxlislari qatori, ko‘pchilikni hayron qoldirdi.

Demak, bugungi so‘z yuritadiganimiz klub - sezganingizdek «Barselona»!

UYEFA reytingi (2020/21 yakuni): 4

Qanday yetib kelishdi: Ispaniya chempionatida 3-o‘rin

O‘tgan mavsum: nimchorak final (mag‘lubiyat, umumiy - 2:5 PSJ)

Yevrokuboklardagi eng yaxshi ishtirok: g‘olib (1991/92, 2005/06, 2008/09, 2010/11, 2014/15)


Bosh murabbiy: Ronald Kuman

Futbolchi sifatida "Kamp Nou"ning sevimlisi hisoblangan Kuman Lionel Messi davridan keyin «Barsa»da juda katta o‘zgarishlar qilishgan ulgurdi. U debyut mavsumida Ispaniya kubogini qo‘lga kiritdi va hayot davom etishini ko‘rsatish maqsadida ko‘proq sovrin yutishni istamoqda.


 

Asosiy o‘yinchi: Frenki de Yong

2019 yilda «Ayaks»dan o‘tganidan beri asosiy rolni bajarib kelayotgan de Yong jamoa yarim himoya chizig‘ining muqim futbolchisiga aylandi. Uning kesib uzatishlari va to‘pdan aqlli foydalanishi «Barselona»ning klassik yarim himoyachisidek ko‘rinishiga sabab bo‘ldi. Bundan tashqari uning mehnatkashligi, tinmay yuguroshi Kuman oldida hurmat qozonishi uchun zamin hozirladi.

Yozgi eng katta xaridi: Memfis Depay

«Barselona» yangi qahramonga muhtoj va Depay misolida uni topishgan bo‘lishligi mumkin. O‘ziga bo‘lgan ishonchi tufayli niderlandiyalik jamoaning hujumkor o‘yini vaqtida e’tibor markazida bo‘lishga erishdi. «Lion»da ko‘rsatgan sermahsulligi, samarali harakatlari kataloniyaliklar safida ham davom etmoqda.


O‘yinini ko‘rish kerak: Pedri

Yarim himoyachi ortda qolgan 12 oy davomida ham klub ham terma jamoasi safida kashfiyot bo‘ldi deb bemalol aytish mumkin. «Barsa»ning sobiq ustozi va hozirda Ispaniya terma jamoasida bosh murabbiy sifatida ishlab kelayotgan Luis Enrike Pedri haqida shunday degandi: "Pedri qilayotgan ishni hech bir 18 yoshli yigit qila olmaydi, hatto bu Andres Inesta bo‘lsa ham".

Bilasizmi?

Yevropada Messi klubi uchun maydonga tushguniga qadar «Barselona»ning Chempionlar Ligasidagi oxirgi o‘yini 2004 yil «Seltik»ka qarshi bahs (1:1) bo‘lgandi.

Manba: uefa.com
Kiritildi: 15:10, 21.09.2021.
O'qildi: 4949 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.