Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Ilhom Mo‘minjonov: «Keyingi o‘yinga ham muxlislarning kelishini istardim»

Ilhom Mo‘minjonov: «Keyingi o‘yinga ham muxlislarning kelishini istardim»

Baho:
+ | -

Pro-liganing ikkinchi bosqich dastlabki o‘yini doirasida bo‘lib o‘tgan "Neftchi" - "Olimpik" uchrashuvidan so‘ng farg‘onaliklar bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bugungi o‘yinda shogirdlarim g‘alaba qozonishdi. Ularni va uchrashuvga kelgan barcha muxlislarimizni g‘alaba bilan tabriklayman. Oldinda hali 5ta o‘yin bor va biz bunga tayyorgarlikni olib borib, oldimizga qo‘yilgan rejalarimizni bajarish uchun maqsad sari intilamiz. Keyingi uy uchrashuvimizda "Dinamo"ni qabul qilamiz. Shu tur bellashuviga ham muxlislarimizning kelishlarini xohlar edim. Chunki, futbolchilarimiz muxlislar uchun o‘ynaydi. O‘z navbatida, muxlislarning daldasi bizda his-tuyg‘ular uyg‘otib, g‘alaba qozonishimizga yordam beradi. O‘ylaymanki, keyingi o‘yinga ham muxlislarimiz kelib, bizni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

Birinchi bosqichda "Olimpik" bilan durang o‘ynab, safarda yutqazgan edik. Bugungi o‘yinga kelsak, "Olimpik" xavfli vaziyatlarsiz 2ta gol urishga erishdi. Birinchisi standart vaziyatdan, ikkinchi golni himoyachilarimizning qo‘pol xatosi evaziga. Hali hammasi oldinda. Agar shu ruhda  o‘ynasak g‘alabalar qozonib, Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritamiz", — dedi Ilhom Mo‘minjonov.

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 06:41, 25.09.2021.
O'qildi: 2022 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик