Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Abdusalom Azizov va Ravshan Ermatov o‘z lavozimida qoldi. O‘FAning Hisobot-saylov kongressidan asosiy ma’lumotlar

Abdusalom Azizov va Ravshan Ermatov o‘z lavozimida qoldi. O‘FAning Hisobot-saylov kongressidan asosiy ma’lumotlar

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining (O‘FA) navbatdagi Hisobot-saylov kongressi 25 sentyabr kuni bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni O‘FA Bosh kotibi Avaz Maqsumov ochib berdi va kun tartibidagi masalalariga to‘xtalib o‘tdi:

I. O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 2021 yil 19 iyunda o‘tkazilgan navbatdan tashqari kongress bayonini tasdiqlash.
II. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining tasdiqlangan Ustaviga asosan mustaqil qo‘mitalar va yurisdiksiya organlarini faoliyatini samarali tashkil etish to‘g‘risida.
III. Moliyaviy hisobot va yillik hisobotni o‘z ichiga olgan yillik auditorlik hisobotni tasdiqlash.
IV. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti.
V. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti, vise-prezidentlari va Ijroiya qo‘mita a’zolarini saylash kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Dastlab, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Ustavining 32-moddasiga asosan kongressning ma’muriy masalalarini amalga oshirish uchun kongress sanoq komissiyasi va kongress bayonnomasini tuzilishini nazorat qilish guruhlari saylab olindi.

Sanoq komissiyasi uchun Farg‘ona viloyati futbol assotsiatsiyasi birinchi vise-prezidenti Nosir Otaqo‘ziyev va Navoiy futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Dilmurod Davronov nomzodi ilgari surildi. Delegatlar bir ovozdan nomzodlarni tasdiqladi.

Kongress bayonnomasining tuzilishini nazorat qiluvchi guruh a’zoligiga esa Toshkent shahar futbol assosiasiyasi bosh kotibi Nodirxo‘ja Yo‘ldoshev va Toshkent viloyati futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Asqar Jadigerov nomzodlari qo‘yildi. Delegatlar bir ovozdan nomzodlarni tasdiqladi.

Shundan so‘ng Hisobot-saylov kongressi raisi Habibulla Mirzaxonov so‘zga chiqdi.

"Hurmatli kongress qatnashchilari, hurmatli delegatlar, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Ustaviga asosan 2021 yil 25 sentyabrda assosiasiyaning navbatdagi Hisobot-saylov kongressini o‘tkazish uchun O‘FAning 2021 yildan 2025 yilgacha bo‘lgan muddatga O‘FA prezidenti, O‘FA birinchi vise-prezidenti, O‘FA vise-prezidentligiga ikkita nomzodlar ko‘rib chiqiladi.

45 ta a’zo tashkilot O‘FA prezidenti lavozimiga Abdusalom Azizov nomzodini ilgari surgan, 42 ta a’zo tashkilot esa O‘FA birinchi vise-prezidenti lavozimiga Ravshan Ermatov nomzodini ilgari surgan. Shu bois Abdusalom Azizov va Ravshan Ermatovni yana bir bor o‘z lavozimlariga qayta saylanganlari bilan tabriklayman".

Shu tariqa Abdusalom Azizov O‘FA prezidenti, Ravshan Ermatov esa tashkilot vise-prezidentligiga qayta saylandi.

Shuningdek, Hisobot-saylov kongressi raisi Habibulla Mirzaxonov O‘FA vise-prezidentligiga 6 nomzoddan 5 nafari o‘z nomzodini qaytib olgani, faqatgina bir nomzod Azizbek Ikramov qolgani va yana bir vise-prezident keyingi saylovda aniqlanishini aytib o‘tdi.

Bundan tashqari, O‘FA Ijroiya qo‘mita 9 ta a’zoligiga quyidagilar saylandi: Edita Mirobidova, Abdujabbor Abduvohidov, To‘lagan Isoqov, Jahongir Usmanov.

Tadbir so‘ngida O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov so‘zga chiqib, tashkilot oldida turgan asosiy maqsadlar haqida gapirdi.

"Avvalo, ishonch bildirib, assotsiatsiya prezidentligiga navbatdagi muddatga saylaganingiz uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. O‘ylaymanki, birgalikda O‘zbekiston futbolchi uchun xizmat qilamiz. Albatta, futbol butun jahonda birinchi raqamli sport turi. O‘zbekistonda ham keyingi ikki yil mobaynida FIFA, OFK bilan hamkorlikda futbolni rivojlantirishga ma’lum bir qadamlar qo‘ydik. Oxirgi ikki yildagi olib borilgan ishlarning barchasini qoniqarli deb aytolmaymiz. Milliy terma jamoamiz Jahon Chempionatiga chiqa olmagani, bizning juda katta kamchiligimiz borligini ko‘rsatyapti. Oldimizda bolalar, ayollar futbolini rivojlantirish, klublar akademiyalariga e’tibor qaratish, chempionatni saviyasini yanada ko‘tarish, futbol jamoalari atrofida bo‘layotgan qing‘ir ishlarni batamom ildizi bilan sug‘urib tashlash masalalari turibdi. Eng katta maqsadimiz — Olimpiya terma jamoamizni Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaga va futbol bo‘yicha milliy terma jamoamizning Jahon Chempionatiga yo‘llanma olishi bo‘lib turibdi.

Jahon Chempionatiga chiqish masalasiga bu safar jiddiy yondashdik. Ilk bor terma jamoa murabbiylar shtabining barcha a’zolari chet elliklardan iborat bo‘ldi. Srechko Katanes o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashyapti. Barchamiz birgalikda harakat qilsak, vazifani bajaramiz. Ko‘p holatlarda birlik yetishmaydi. Murabbiylar shtabini qo‘llasak, joylarda futbolchilarga sharoitni yaratib bersak, albatta, natijaga erisha olamiz", — dedi Abdusalom Azizov.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:13, 25.09.2021.
O'qildi: 1874 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.