Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Pochettino va Errera "Manchester Siti"ga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida qatnashishdi

Pochettino va Errera "Manchester Siti"ga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida qatnashishdi

Baho:
+ | -

PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino bugun Chempionlar Ligasi doirasida o‘tkaziladigan "Manchester Siti"ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Biz rivojlanish ustida ishlayapmiz. Bu fikr emas, fakt. Biz qayerdan kelganligimiz va hozir qayerda ekanligmizga nazar solishimiz kerak. Biz "Manchester Siti"ga hamda dunyoning eng yaxshi murabbiyi Pep Gvardiolaga qarshi to‘qnash kelyapmiz. Ular buyuk jamoa, xuddi bizdek Chempionlar Ligasini yutishni orzu qilayotgan klub.

Ular balki bizdan oldindadir, lekin futbolda hamma narsa sodir bo‘lishi mumkin. Biz harakat qilamiz va ularga o‘z xohishimiz, maqsadimiz, g‘oyalarimizni amalga oshirish hamda ularning imkoniyatlarini chegaralash va zaif tomonlaridan foydalanish orqali muammo yaratmoqchimiz. Bu futbolchilar o‘z mahoratlarini ko‘rsata oladigan futboolchilar uchun atalgan o‘yin.

Jamoa xotirjam, o‘yinchilar xotirjam, ular bir-birlari bilan yaxshi chiqishib ketishgan. Jamoada muhit ajoyib. PSJ maxsus holatlar bilan o‘zgacha klub, siz buni boshqa klublardan topa olmaysiz. Siz buni tushuninishingiz kerak. Birinchi sinov? Bunday o‘ylamayman. Har o‘yinda qiyin chaqiruvlarga duch kelamiz. Mavsum avvali oson o‘tgani yo‘q. To‘liq tarkib yig‘ilganidan beri ishlayapmiz. Bizdan kutilayotgan narsalarni bilamiz va bunga ma’suliyat, qat’iyat bilan yondashish kerakligini ham tushunib turibmiz.



Veratti va Messi haqida

Marko oxirgi kunlarda mashg‘ulotlarda yaxshi qatnashdi. O‘ylaymanki, u tarkibimizning bir qismi bo‘ladi. U asosiyda tushadimi, bilmadim, ammo uning o‘yinini ko‘rishimiz mumkin. Leoda ham shunday holat. Juda yaxshi o‘sishda davom etmoqda va u ham jamoa safida bo‘ladi deb o‘ylayman. Lekin, boshlang‘ichda tushadimi, buni bilmayman. Uning moslashuvi? U dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi, biroq u ham boshqalar kabi inson. U yangi jamoaga, yangi madaniyat va mamlakatga moshlashishi kerak. U Barselonada 20 yil bo‘ldi, bu yerdagi barchasi u uchun yangi. Vaqt o‘tishi bilan hammasi yaxshi bo‘ladi va birgalikda haqiqiy muvaffaqiyatga ega bo‘lamiz. Bunga shubha qilmayman.

Matbuot anjumanida PSJ yarim himoyachisi Ander Errera ham o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.

"Biz pozitiv munosabat bilan o‘yinda harakat qilishimiz kerak. Hamma bizdan nima kutayotganini bilamiz, ammo bu bizga yoqadi. Shuning uchun ham shu yerdamiz. Bu ma’suliyatni mamnuniyat bilan zimmamizga olamiz. Chempionlar Ligasini yutishi mumkin bo‘lgan 10 jamoa bor, balki. Bizning jamoadan kutilmalardan xabarimiz bor, biroq saviyasi yuqori musobaqada qatnashyapmiz. Hech narsani oldindan taxmin qilib bo‘lmaydi va shuning uchun Chempionlar Ligasida doim katta syurprizlar bo‘ladi".

Manba: en.psg.fr
Kiritildi: 11:15, 28.09.2021.
O'qildi: 3228 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик