Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Temuriylar davlat muzeyida bo‘ldi

Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Temuriylar davlat muzeyida bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Endryu Parsons O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Martabali mehmon tashrifning ilk kunida poytaxtimizda joylashgan Temuriylar davlat muzeyiga bordi. Parsons janoblari muzeyni sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirdi va har bir nuqtasini borib ko‘rdi.

Muzeydagi suratlar, tarixiy kitoblar va ayniqsa Temuriylar davriga oid nodir eksponatlar Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi prezidentida katta taassurot qoldirdi.

Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Endryu Parsonsning O‘zbekistonga tashrifi davom etmoqda.

Kiritildi: 18:09, 29.09.2021.
O'qildi: 1076 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.