Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi taqdirlandi

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi taqdirlandi

Baho:
+ | -

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasida Litvada boʻlib oʻtgan Jahon Chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi futzalchilari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, futzal delegatsiyasi rahbari Jahongir Usmonov hamda assotsiatsiya bosh kotibi Avaz Maksumov ishtirok etishdi.

Ravshan Ermatov futzalchilarni OʻFA prezidenti Abdusalom Azizov nomidan, qolaversa, butun futbol jamoatchiligi nomidan mundialda qayd etilgan tarixiy natija bilan tabrikladi. Ushbu natijaning ortida katta sai-harakatlar va jamoaviy mehnat yotganini taʼkidlab oʻtdi.

Futzalchilarmiz yil boshidan beri Tailand, Ispaniya va Portugaliyada yigʻinlar oʻtkazdi, oʻz qitʼasida yetakchi hisoblangan va jahonda oʻz oʻrniga ega boʻlgan Argentina, Ispaniya, Portugaliya, Eron va Venesuela kabi jamoalar bilan oʻrtoqlik uchrashuvlari oʻtkazishdi. Terma jamoaning Jahon Chempionatiga yetarlicha tayyorgarlik koʻrishi uchun kerakli barcha sharoitlar taqdim etildi.

Futzal terma jamoamizning ancha yosh boʻlganligi sababli keyingi musobaqalarda  yanada yuqori natijalar qayd etishlariga ishonch bildirildi. Oʻz navbatida, jamoa nomidan terma jamoa sardori Rustam Umarov OʻFAga eʼtibor uchun minnatdorchilik bildirgan holda assotsiatsiya muzeyiga esdalik sovgʻasini topshirdi. Tadbir yakunida futzalchilar pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 19:51, 30.09.2021.
O'qildi: 7182 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.