Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Yulduzlarning yangi jamoadagi axvoli qanday? Ronaldu, Messi, Lukaku...

Yulduzlarning yangi jamoadagi axvoli qanday? Ronaldu, Messi, Lukaku...

Baho:
+ | -

O‘tgan transfer oynasi biz futbol ishqibozlari uchun bir-biridan qiziqarli transferlarni taqdim etdi. Albatta ular orasida ikki dahoning borligi bunga sabab bo‘lgan bo‘lsa ajab emas. Lekin boshqa yulduz futbolchilar ularning soyasida qolib ketmasligi lozim. Demak, stadion.uz o‘tgan yozda yangi klubga ko‘chib o‘tgan top-10 yulduz haqida hikoya qiladi.

Krishtianu Ronaldu ("Manchester Yunayted")
Yangi jamoadagi statistikasi: 6 o‘yin, 5 gol


Go‘yoki portugaliyalikning klubdan ajralganiga o‘n ikki yil bo‘lmagandek, xuddi doim “qizil iblislar” safida bo‘lgandek ko‘rinmoqda. 36 yoshida super goleador ikkinchi yoshligini "Manchester Yunayted" tarkibida APL va Chempionlar Ligasida 4 o‘yinda 5 ta gol kiritib boshladi. Ronaldu faqat oxirgi ikki o‘yinda o‘z so‘zini ayta olmadi. Ba’zida Krish zaxiradan maydonga qo‘shilmoqda. Buni Ole-Gunnar Sulsher mavsumning uzoqligi bilan izohladi. Bu qarori uchun norvegiyalikni sobiq ustozi Ser Aleks Fergyuson tanqid qildi va u eng yaxshi futbolchilar asosiy tarkibda o‘ynashi kerakligini ta’kidladi.

Romelu Lukaku ("Chelsi")
Yangi jamoadagi statistikasi: 9 o‘yin, 4 gol



Lukaku “Inter” tarkibidan rekord darajadagi mablag‘ evaziga ketdi. Milanliklar hali hech qaysi futbolchisini Lukakudek qimmatga pullay olmagan edi. Romeluning debyut goli o‘zini uzoq kuttirmadi. London derbisida 14 daqiqa ichida gol urish hammaga ham nasib etmasa kerak. Belgiyalik “Aston Villa”ga qarshi bahsda dublni rasmiylashtira oldi. Chempionlar ligasi doirasida “Zenit”ga qarshi bahsda esa jamoa uchun g‘alaba keltiruvchi golga mualliflik qildi. Lukaku o‘ziga sarflangan mablag‘ni oqlayotganday go‘yo. Lekin Romelu oxirgi 5 o‘yinda birorta gol kirita olmadi. Vaholanki, har uchrashuvda u maydonda to‘liq harakat qilmoqda.

Lionel Messi (PSJ)
Yangi jamoadagi statistikasi: 5 uchrashuv, 1 gol


Leoning ketish oldidan bo‘lgan ko‘zyoshlari esimizda. Menimcha u faoliyatini “Barselona”da yakunlamoqchi bo‘lgan va bu ruhiy holat hamon ta’sirini o‘tkazmoqda. Hozircha Messi-Neymar-Messi triosi faqatgina rasmlarda va tarkibni o‘qiyotgan paytimiz daxshatlidek tuyulmoqda, maydonda unchalik qo‘rqinchli emas. Balki, Leo moslashuv jarayoni nihoyasiga yetgach rostmana “uch boshli ajdar”ni ko‘rarmiz. Leo o‘zining debyut golini Chempionlar ligasi doirasida kiritdi va hamma endi bo‘ldi Messi hech kimni ayamaydi, deb o‘ylagan edi. Ammo o‘tgan turda parijliklar Liga 1 doirasida o‘zlarining ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Messi bir bor darvoza ustunini nishonga olganini aytmaganda maydonda ko‘p xam ko‘rinish beravermadi. Kutamiz, qachondir “GOAT” uyg‘onib qolar.

Jek Grilish ("Manchester Siti")
Yangi jamoadagi statistikasi: 10 o‘yin, 2 gol va 2 golli uzatma


Yozning eng qimmat transferi “shaharliklar”ning asosiy tarkib o‘yinchisiga aylandi, lekin uni Pep jamoasining oldingi chiziqdagi asosiy figurasi desak katta mubolag‘a ishlatgan bo‘lamiz. Zamonaviy futbol uchun klassik holat, agar o‘yinchi katta summaga transfer qilinib, jamoa tarkibidan joy olsa, lekin natijalar o‘zgarmasa: bu keraksiz transferdek qaraladi. Masalan, "Liverpul"ning sobiq hujumchisi Dirk Keyt, "Manchester Siti" Grilish uchun haqiqiy qiymatidan uch baravar ko‘p to‘lagan degan fikrda. Haqiqatdan ham Grilish 117 million yevro emas, 39 millionga transfer qilinganda hech kim bu transferni foydasiz demas edi.

Janluidji Donnarumma (PSJ)
Yangi jamoadagi statistikasi: 4 ta o‘yin, 3 ta o‘tkazib yuborilgan gol, 2 ta "quruq" o‘yin


Yevro-2020ning eng yaxshi futbolchisi Parijda Keylor Navas bilan qattiq raqobatga duch keldi. Hozirgi vaqtda kosta-rikalik barcha turnirlarda 7 ta uchrashuv o‘tkazgan, yosh italiyalik esa atigi 4 ta o‘yinda maydonga tushgan. Balki, Maurisio Pochettino ikkita shunday ajoyib darvozabonga ega bo‘lib, ular o‘rtasida musobaqalarni taqsimlashi mumkin edi, lekin hozir argentinalik mutaxassis 1-raqamli darvozabonni aniqlamoqchi. Liga 1ning so‘nggi turida Donnarumma "Renn"ga qarshi bahsda imkoniyatga ega bo‘ldi, lekin parijliklar sensasion tarzda yutqazdi. Donnarumma esa 2 bor o‘z darvozasidan top olib chiqdi.

Jeydon Sancho ("Manchester Yunayted")
Yangi jamoadagi statistikasi: 9 ta o‘yin


Yosh ingliz uchun "qizil iblislar" Dortmundning "Borussiya" klubiga 85 million yevro to‘lashdi. Voqealar rivojiga asoslanib aytganda, bu kelishuv yilning muvaffaqiyatsiz transferi bo‘lib chiqmoqda. "Manchester Yunayted" safida o‘tkazilgan 9 o‘yinda Sancho birorta ham gol urmadi va uning kutilgan statistikasi juda past. U faqat bir marta to‘liq maydonda harakat qildi. Agar e’tiborni qisman chalg‘itadigan Ronalduning transferi bo‘lmaganida, Jeydonning tanqidlari yanada shafqatsiz bo‘lardi.

Ashraf Hakimiy (PSJ)
Yangi jamoadagi statistikasi: 12 o‘yin, 3 gol, 2 golli uzatma


Messi va Donnarummadan farqli o‘laroq, marokashlik jamoada o‘z o‘rnini topib oldi va o‘zining odatdagidek o‘yini bilan jamoaga katta foyda keltirmoqda. U faqat bir marta uchrashuvga zaxiradan qo‘shildi. Ashraf “Mes”ga qarshi bahsda dublni rasmiylashtirgani e’tiborga loyiq. Har xolda u yulduzlar orasida o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi. Ta’kidlash joizki, hozir u parijliklar safida eng yorqin o‘yin ko‘rsatayotgan uch futbolchining biri.

Memfis Depay ("Barselona")
Yangi jamoadagi statistikasi: 9 o‘yin, 3 gol, 1 golli uzatma


Gollandiyalik jamoaga inqiroz davrida keldi. Boshida u juda yaxshi o‘yin ko‘rsatib “ko‘k-anorranglilar” muxlislari joniga oro kirayotgan edi. Lekin “Barselona” ko‘rinishidan bu yil kuchli klublarga raqobat taqdim eta olmaydigandek go‘yo. Jamoaga o‘zgarishlar juda muhim. Memfisning o‘zi klubni botqoqlikdan olib chiqib keta olmaydi.

Rafayel Varan ("Manchester Yunayted")
Yangi jamoadagi statistikasi: 7 o‘yin, 1 golli uzatma


Fransuz Viktor Lindelyofni asosiy tarkibdan chiqarib yubora oldi va himoya markazida Xarri Maguayr bilan juftlikda o‘ynamoqda. So‘nggi mavsumlarda "Real"da Varan ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ygan, hozircha hammasi joyida. Lekin "qizil iblislar" himoyasi barbir ishonchsizdek ko‘rinmoqda. Umuman olganda, Varan o‘zini yaxshi tutyapti, u hatto assistentlik ham qila oldi. Lekin hali baho berishga erta.

Serxio Ramos (PSJ)
Yangi jamoadagi statistikasi: hali maydonga tushmadi



Ochig‘ini aytganga hamma Ramosni kutmoqda. Jarohati tufayli ispaniyalik hozircha maydonga tusha olmayapti. Lekin ba’zida bunday xolat Ramosga yarashadi. Uning muxlislar orasida o‘z imijida o‘yinni tomosha qilayotganida ham bir salobat bor. Maydonda esa yirtqichga aylanadigan Ramos jamoaning yuragiga aylanishi mumkin. Kutamiz, parijliklar libosidagi Ramosni.

Mirjalol Pardaboyev tarjimasi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:37, 07.10.2021.
O'qildi: 7385 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.