Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

37 mag‘lubiyatsiz uchrashuv! Italiya jahon rekordini qanday o‘rnatdi?

37 mag‘lubiyatsiz uchrashuv! Italiya jahon rekordini qanday o‘rnatdi?

Baho:
+ | -

Italiya terma jamoasi rasmiy uchrashuvlarda o‘ttiz yetti uchrashuvda mag‘lub bo‘lmagan - bu jahon rekordidir. Lekin, hammamiz bilganimizdek, har bir epizod o‘z nihoyasiga yetadi. Shunday qilib, 6 oktyabr kuni Italiya terma jamoasi Millatlar Ligasi yarim finalida mag‘lubiyatga uchradi.

«San-Siro» yoki boshqacha aytganda «Juzeppe Meassa» stadionida Ispaniya terma jamoasi Yevropaning yangi turniri finaliga yo‘llanma olish uchun raqibini mag‘lubiyatga uchratdi.

17-daqiqada Ferran Torres hisobni ochdi, keyin 42 -daqiqada italiyaliklar sardori Leonardo Bonnuchi raqibini tirsagi bilan urgani uchun maydondan chetlatildi. Ispaniyaliklar yechinish xonasiga ketish oldidan, ikkinchi golni kiritishdi va bu to‘pni ham aynan Torres amalga oshirdi. Italiya Pellegrinining sa’y-harakatlari evaziga bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Uchrashuv Ispaniya terma jamoasi foydasiga 2:1 hisobidagi yakuniylandi. Bu «Skuadra Adzurra»ning uch yil ichidagi birinchi mag‘lubiyati.



Keling, o‘sha yillar italiyaliklar uchun qanday bo‘lganini va bunday natijaga erishish uchun qanday raqiblari bilan kurashganini eslaylik.

Italiya 2018 yil 1 iyundan beri birinchi marta bir uchrashuvda bittadan ko‘p gol o‘tkazib yubordi: Oxirgi mag‘lubiyat 2018 yil 10 sentyabriga to‘g‘ri keldi - Millatlar Ligasi doirasidagi o‘yinida Portugaliya Andre Silvaning goli evaziga Italiya ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Oradan ikki oy o‘tgach, yana Millatlar Ligasi doirasida revansh jangi bo‘lib o‘tadi, lekin italiyaliklar portugallarni mag‘lubiyatga uchrata olmadi (0:0).

2019 yilda Manchini shogirdlari Yevro-2020 saralash turnirida o‘z yurishini boshlanadi, unda Italiya birorta ham ochko yo‘qotmaydi. O‘nta uchrashuv va o‘nta g‘alaba. Albatta, guruhdagi raqiblari nisbatan oddiyroqligi ham bunga turtki bo‘lgan. Lekin, tarixda natija qoladi. Finlyandiya, Bosniya va Gersegovina, Lixtenshteyn, Gresiya va Armaniston saralashda italiyaliklar tomonidan «kaltaklandi». Yevro-2020 saralash bosqichida raqiblar Italiya terma jamoasi darvozasiga bor yo‘g‘i 4 ta gol kiritishni uddaladi. Bu natija Bonuchchi va Jorjo Kyellini o‘ynagan Italiya terma jamoasining himoya chizig‘ida muammo yo‘qligini ko‘rsatdi. Urilgan va o‘tkazib yuborilgan gollar o‘rtasidagi umumiy farq 36-4. 2019 yil Italiya uchun ajoyib yil bo‘ldi.

2020 yilda Millatlar Ligasi qaytadi, bunda italiyaliklar yana birorta ham o‘yinda mag‘lub bo‘lishmadi, lekin ochko yo‘qotishdan qochib qutula olmadi. Birinchi turda Bosniya bilan 1:1 hisobidagi durang, keyin Barellaning yagona goli evaziga Gollandiya ustidan qozonilgan g‘alaba (0:1).

Millatlar Ligasi guruhining bosqichi birinchi davrasi Polsha bilan o‘yin bilan yakunlandi (0:0), bu italiyaliklar tribunada tomoshabinlar bilan o‘ynagan 2020 yildagi yagona uchrashuv edi.

Keyinchalik, Gollandiya bilan 1:1 hisobidagi durang va Polsha (2:0) va Bosniya (2:0) ustidan g‘alaba qozonildi va «A» guruhida birinchi o‘rinni egallashdi. Urilgan va o‘tkazib yuborilgan gollar orasidagi farq 7-2.



Italiya mag‘lubiyatsiz seriyasi 2021 yilning yozida avjiga chiqdi. Italiya Yevropa chempionatida Uels, Shveysariya va Tureiya bilan «A» guruhidan joy oldi. Manchini va uning jamoasi Turkiya (0:3) va Shveysariyani bir xil hisobda mag‘lub etgan bo‘lsa (3: 0), oxirgi turda ular Uelsdan 1:0 hisobida ustun keldi va guruhda birinchi o‘rinni egalladi. 1/8 finalda Avstriya bilan o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Kutilmaganda, avstriyaliklar xarakter ko‘rsatib, uchrashuvni qo‘shimcha vaqtga olib kelishdi (0:0). Ammo, Federiko Kyeza va Pessinaning say-harakatlari evaziga, uchrashuv penalti seriyasigacha yetib bormadi. Hisob 105 -daqiqagacha 2:0 edi. Avstriya faqat bitta gol bilan javob berishga muvaffaq bo‘ldi va turnirdagi ishtirokini muvaffaqiyatli yakunladi (2:1).

Manchini jamoasining yo‘lidan Yevroning asosiy favoritlaridan biri bo‘lgan,  Belgiya chiqdi. Hisob yana 2:1 bo‘ldi, Romelu Lukaku goliga Barella va Insinye javob berdi.Mazkur uchrashuvda belgiyaliyelarga xarakter yetishmadi. Italiya esa yarim finalda.

Finalga chiqish uchun turnir davomida unchalik ishonchli bo‘lmagan o‘yin ko‘rsatib, ancha yaxshi o‘yin namoyish etayotgan Ispaniya terma jamoasini mag‘lub etish qoldi. Shunday qilib, bu o‘yinda Italiya terma jamoasining imkoniyatlari baland edi, lekin kutilganidan farqli o‘laroq, ispanlar ajoyib o‘yin ko‘rsatishdi, to‘pga ko‘proq egalik qilishdi va ko‘proq imkoniyatlar yaratishdi. Birinchi bo‘limda hech kim hisobni ochishga muvaffaq bo‘lmadi, ikkinchi bo‘lim ham Ispaniya ustunligi bilan boshlandi, biroq o‘yinning 60-daqiqasida Italiya terma jamoasi futbolchilari qarshi hujumga muvaffaqiyatli o‘tishdi va Kyeza o‘yinda hisobni ochdi. Ispanlar bosimni davom ettirishdi va 80-daqiqada o‘z maqsadiga yetishishdi — 1:1. Asosiy va qo‘shimcha vaqtlarda boshqa gol kiritilmadi, penaltilar seriyasida, Italiya kuchliroq bo‘lib chiqdi (4:2).



Va nihoyat - 2021 yil 11-iyulda Londonda bo‘lib o‘tgan Angliya bilan final o‘yini. 2-daqiqada Lyuk Shou hisobni ochadi, Italiya Leonardo Bonuchchining goli evaziga ikkinchi bo‘limda hisobni tenglashtira oldi. Keyin qo‘shimcha vaqt - va yana penaltilar seriyasi, unda Janluiji Donnarumma ingliz darvozaboni Pikforddan ko‘ra omadliroq chiqdi (3:2).

Yevropa chempionatidagi g‘alaba va mag‘lubiyatsiz seriya davom etmoqda. Oldinda JCH-2022 saralash bosqichi, Bolgariya bilan o‘yin (1:1) va Shveysariya terma jamoasi bilan uzoq kutilgan uchrashuv (0:0), Italiyaga yangi jahon rekordini o‘rnatishga imkon berdi - 36 mag‘lubiyatsiz o‘yinlar! O‘ttiz yettinchi bahs esa Litva bilan bo‘lib o‘tdi va Paninin oroli vakillarg‘ 5:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Bu Italiya terma jamoasining oxirgi uch yil ko‘rsatgan natijalari. Shunday qilib, biz Italiya 1:2 hisobidagi mag‘lubiyatga uchratilgan Ispaniya bilan o‘yinga qaytamiz, bu esa mag‘lubiyatsiz seriyasi yakunlanishiga olib keldi.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi

Kiritildi: 11:37, 11.10.2021.
O'qildi: 4101 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.