Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Orzusiga yeta olmaganlar. Ular kimlar edi?

Orzusiga yeta olmaganlar. Ular kimlar edi?

Baho:
+ | -

Futbol dunyosida ko‘plab ӯyinchilarning boshidan o‘tadigan bir jarayon bor. Bu klubdan klubga ko‘chishda muvaffaqiyatsizlikka uchrashdir. Siz va biz tanigan yulduz futbolchilar faoliyatida ham bunday hodisa sodir bo‘lgan. Quyida ushbu futbolchilarning bir nechtasini sanab o‘tamiz.

Nabil Fekir

Fekir 2018 yilda "Lion"dan "Liverpul"ga o‘tishga yaqin kelgan edi. O‘sha yili u Fransiya terma jamoasi bilan birga Jahon chempioni bo‘lib qaytib keladi. Yarim himoyachi mersisayd klubiga o‘tishiga bir bahya qolgandi. Ammo ushbu jarayon tibbiy ko‘rik tufayli amalga oshmay qoldi. Shunday qilib, hozirda Fekir "Liverpul"da emas, balki "Betis"da faoliyat yuritmoqda.

Devid De Xea

"Real Madrid" 2015 yilda "MYU" darvozabonini olib kelish haraktida edi. Ispaniyalik posbon o‘z ona yurtiga qaytishni istagan va 2015 yil avgust oyida, transferlar oynasining so‘nggi kunida "qaymoqranglilar" safiga qo‘shilishga tayyor bo‘lgan. De Xea hatto bitimni yakunlash uchun Ispaniyaga parvoz qilgandi. Ammo "MYU" bu transferni istamadi. Shu sabab o‘rtada tuzilajak shartnomani ratifikasiya qilmaydi. O‘shanda tarqalgan xabarlarda "Old Trafford"dagi faks uskunasi ishlamay qolgani aytilgandi. Qayoqda deysiz, gapda...

Loik Remi

Remi 2014 yilda "Liverpul" futbolchisiga aylanishi kutilayotgandi. Ammo qizillar bu kelishuvdan voz kechishadi. Fransuz hujumchisi esa "Chelsi"ga yo‘l oladi. Hozirda 34 yosh bo‘lgan futbolchi o‘sha yili iyul oyida "Enfild"ga borish uchun rozilik bildirgandi. Ammo tibbiy ko‘rikda shifokorlar muammo aniqlashadi. Shu sabab Remining orzusi amalga oshmaydi va "QPR" futbolchisi boshqa tomonga yo‘naladi.

Robert Levandovski

Hozir aytadigan gapimiz haqiqatdan yiroq bo‘lib tuyulishi mumkindir. Biroq o‘sha biz bilgan Levandovski 2010 yilda "Blekbern" klubiga o‘tishi mumkin edi. O‘sha paytlarda Levandovski unchalik katta nomga ega emas va o‘z yurti jamoasi "Lex Poznan" sharafini himoya qilardi. "Rovers" esa bu iste’dodni payqay olgandi. Ammo bitim tuzilmay qoldi. Shunday bo‘lgani ham yaxshi bo‘gan ekan. Negaki, o‘sha voqeadan atigi ikki yil o‘tib, "Blekbern" APLda qatnashish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Bu haqda polshalik hujumchi shunday degan edi: "Menda "Blekbern"ga o‘tish imkoniyati bor edi. Hatto, u yoqqa borib, jamoa mashg‘ulot jarayonini stadiondan kuzatgandim. Men Angliyaga tabiiy ofat sabab o‘ta olmaganman. Bu vulqon otilishi edi. Uning kuli bir hafta tutun kabi hamma joyni qoplagandi va Yevropada samolyot bilan yurish ta’qiqlanadi. Hatto biz Angliyaga chipta ham olib qo‘ygandik. Oddiy hodisa hayotimni o‘zgartirdi. Agar men "Blekbern"ga qo‘shilganimda, balki o‘sha yoqda qolib ketgan bo‘larmidim".

Paulo Dibala

Argentinalik futbolchi 2019 yilning yozida deyarli "Tottenxem" futbolchisiga aylanayozgandi. Lekin yarim himoyachi haftasiga 350 ming funt maosh talab qilganidan keyin bitim buziladi. Bu maosh o‘sha paytda Dibalani APLdagi eng ko‘p maosh oladigan futbolchi qilishi mumkin edi. Ammo "shporlar" hech qachon o‘tgan mavsumda atigi 5 ta gol urgan o‘yinchiga bunchalik katta mablag‘ sarflamagan bo‘lardi. Ana shunaqa gaplar...

 


ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: futaa.com
Kiritildi: 12:30, 17.10.2021.
O'qildi: 3303 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.