Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton 2-2 Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone 3-2 Venetsiya
06/09 18:00 Parma 1-1 Monsa
06/09 19:15 Valensiya 0-5 Barselona
06/09 20:30 Arsenal 2-1 Chelsi
06/09 21:00 Bolonya 2-2 Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga 0-0 Levante
06/09 21:30 Alaves 5-2 Osasuna
06/09 23:45 Yuventus 1-1 Milan
07/09 00:00 Espanyol 1-1 Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio
08/09 00:30 Elche - Real Sosyedad

Jasur Jaloliddinov "Andijon"ga qarshi o‘yindan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi

Jasur Jaloliddinov "Andijon"ga qarshi o‘yindan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi

Baho:
+ | -

"Lokomotiv" yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinov sobiq jamoasiga qarshi o‘yin oldidan qisqa fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Birinchi davrani "Andijon" tarkibida o‘tkazdingiz. Umuman olganda futbolchining sobiq jamoasiga qarshi o‘ynashi qanchalik qiyin?

- Qiyin tarafi yo‘q. Ayni damda ochko barchaga suv va havodek zarur. Shu sababli "Andijon" so‘nggi turlarda ochkolar uchun borini berib o‘ynamoqda. Biz esa so‘nggi ikki o‘yinda irodali g‘alabaga erishdik. Ikki jamoaning ohirgi o‘yinlariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bugun qiyin o‘yin bo‘lishi shubxasiz.

- "Mash’al"ga urilgan golingizni yana takrorlash niyatingiz bormi?

- "Jo‘jani kuzda sanaydilar" deganlaridek, barcha narsaning sarhisobini beradigan vaqt yaqinlashmoqda. Ayni damda kim gol urishining ahamiyati yo‘q. Muhimi g‘alaba qozonib, uch ochko olsak bo‘lgani. O‘z o‘yinlarimizda g‘alaba qozonaversak, turnir jadvalida yuqoriga ko‘tarilamiz. Oldindagi 5 o‘yinda qiyin raqiblarga qarshi o‘ynaymiz. Ushbu o‘yinlarda maksimal ravishda ochko olishga intilamiz", - dedi yarim himoyachi.

Manba: FC Lokomotiv
Kiritildi: 16:01, 17.10.2021.
O'qildi: 2061 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик