Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

APL klublari xalqaro tanaffuslardan azob chekmoqdami?!

APL klublari xalqaro tanaffuslardan azob chekmoqdami?!

Baho:
+ | -

Janubiy Amerikada o‘tkazilgan Jahon chempionati uchun saralash bahslari tufayli ayrim ingliz klubi futbolchilari o‘tgan hafta yakunida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarga yetib kela olmadi. Buning asosiy sababi saralash bahslarining oxiri, o‘tgan payshanba kunida tugaganidir. Oqibatda, futbolchilar shanbagacha Atlantika Okeani uzra qaytishga ulgurmagan. Ulgurganlarga esa karantin muammo tug‘dirdi. Xususan, Kolumbiyaning Buyuk Britaniya uchun qizil ro‘yxatda qolayotgani "Tottenxem" futbolchisi Devinson Sanches hamda "Bormunt" a’zosi Jefferson Lermalarning 10 kunlik karantinga qo‘yilishiga sabab bo‘ldi. Ushbu qoida, shuningdek braziliyalik sakkizta APL klublari a’zosini ham 10 kun kutishga majbur qildi.

Garchand ularning ichida "Liverpul" a’zolari Fabinyo va Allisonlar YECHL bahsi uchun Madridga to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchib ketgan bo‘lsa ham, ularning muammosiz Angliyaga qaytishi hali ham so‘roq ostida qolmoqda. Ushbu voqealar terma jamoalar futboli klublarnikiga katta muammo tug‘dirayotganini anglatadi. Bular shuni ko‘rsatadiki, taqvim bahslari va karantin cheklovlari – pandemiyaning salbiy hosilalari. Shunday bo‘lsa ham oldinlari, odatiy hayot tarzida bo‘lgan klublar baribir terma jamoa futbolidan nolib kelgan.

Biroq, tanganing ikkinchi tomoni ham mavjud. Bu narsa ikki tomonlama foyda olib keladi. Chunki klublarning xalqaro futbol bahslaridan manfaatdor tomoni ham mavjud. Ayni paytda bu voqea futbolchilarning xalqaro miqyosda tanilishini ta’minlaydi. Negaki, millonlab insonlar ularni aynan mana shunday payt taniydi va muxlisga aylanadi. Masalan, bu musobaqalarsiz Angliya chempionati hozirgiday ma’lum va mashhur bo‘larmidi? Bizningcha, yo‘q!
Bunga yaqqol misol sifatida 1990 yilgi Italiyadagi Jahon chempionatini va Yevro-96ni keltirishimiz mumkin. Aynan shu turnirlar ortidan Angliya futboli haqiqiy yulduzlar makoniga aylana boshlagandi. Qolaversa, talantli futbolchilar o‘z milliy termasida kamolga yetadi va porlab chiqadi. Bu jarayon ayniqsa yoshlar futbolida yanada kuchli.

Masalan, ayni paytda Chempionship vakili "Blekbern Rovers" klubi o‘z hujumchisi Ben Breretonning terma jamoadagi faoliyatidan mamnun. O‘tgan mavsumda Ben umidsizlangandi. U o‘sha paytda o‘zini yolg‘iz his qilganini bildirgan. Brereton garchand Angliyada tug‘ilgan bo‘lsa ham, hozirda Chili terma jamoasi a’zosi. Negaki, uning onasi asli chililik. U Chiliga jo‘nab ketib, u yerda o‘ynay boshlagach, o‘zini nimalarga qodirligini isbotladi. Ben o‘zidagi ishonchni namoyon qila oldi. Uning qonida Lotin Amerika unsuri bor va u hozirda Chilining haqiqiy qahramoni. Shuning uchun ham Amerikadagi bahslarda u o‘z ismiga "Dias" familiyasini qo‘shib oladi.
Ben karantin sabab Angliyada qolib ketgan paytda jamoasi juda qiynaldi. U qaytgach esa, Chili Paragvay va Venesuela ustidan g‘alaba qildi. Mana sizga xalqaro o‘yinlarning foydasi! Bu bilan biz termadagi faoliyat istalgan futbolchining o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirishi va o‘z formasini ushlab turishini ta’minlashi mumkinligini aytmoqchimiz.

 

ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 20:47, 19.10.2021.
O'qildi: 2811 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.