Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

YECHL. «Chelsi» - «Malmyo» uchrashuvidan keyingi fikrlar

YECHL. «Chelsi» - «Malmyo» uchrashuvidan keyingi fikrlar

Baho:
+ | -

Chempionlar Ligasi guruh bosqich 3-turidan o‘rin olgan «Chelsi» - «Malmyo» bahsida 4:0 hisobi qayd etildi. Uchrashuvda gollarni Kay Xaverts, Jorjinyo (dubl) va Kristensen kiritishdi.

«Chelsi» bosh murabbiyi Tomas Tuxel uchrashuvdan keyin o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.

"O‘yinni yaxshi borishini ta’minladik, chunki ko‘plab to‘plarga kurashda intensivlik bilan g‘alaba qozondik. O‘zimizdan uch ochkoni talab qildik, sababi bunga loyiq edik va shunga munosib ajoyib o‘yin ko‘rsatdik. Juda ham xursandmiz".

Birinchi bo‘limda Lukakuning olgan jarohati haqida: "Yangi yechimlar topishimiz kerak. Pozitiv yondashadigan bo‘lsak, Romelu va Timosiz ham o‘yinlarda g‘alaba qozondik. Bu kabi muammolar juda tez-tez bo‘lishini istamaymiz. Ammo, mavsum davomida bu sodir bo‘lishini oldini olish qiyin. O‘z imkoniyatlarini kutib kelgan yigitlar bir pog‘ona ko‘tarilishlari va rivojlanishlari kerak".

«Chelsi» yarim himoyachisi Kay Xaverts: "Stadionimzda to‘rt gol urish yaxshi. Bu katta ishonch beradi. Kallum Xadson-Odoi ajoyib uzatma berdi va yaxshi gol kiritdim. Darvozabon yerga yotishini bilardim, shuning uchun uning ustidan oshirish yagona tanlov edi".

Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Jorjinyo: "O‘yinimdan xursandman, lekin eng muhimi - g‘alaba qozonganimiz. Ishni a’lo darajada bajardik. Natijani ko‘rganingizda oson tuyulishi mumkin, lekin jamoa mazkur bahsga bor e’tiborini qaratdi va yirik g‘alaba uchun haqli edik".

«Chelsi» himoyachisi Andreas Kristensen londonliklar safidagi 137-o‘yinida va nihoyat o‘zining klubdagi debyut golini kiritdi: "Ular bizni yomon ahvolga solishdi. Yuqori darajada o‘yin namoyish etishimiz kerak edi, har birimiz. Uzoq vaqt davomida to‘pga ega bo‘la olmaganimizda asabiylashganimiz rost. O‘ynagan har bir futbolchi himoyalanishga hujum qilishdan ko‘proq quvvat ketishini biladi".

«Malmyo» himoyachisi Martin Olsson: "Qiyin o‘yin bo‘lishini bilardik, chunki ular balki dunyoning eng yaxshi klubidir. Biz harakat qildik, ammo bu kecha bizga atalmagan edi.

Yaxshi tomonlarini ko‘radigan bo‘lsak: Chempionlar Ligasidamiz va bu darajada hech qachon o‘ynamagan futbolchilarimiz ko‘p. Bunday jamoalarga qarshi o‘ynash yigitlar uchun yaxshi tajriba bo‘ladi. Bulardan o‘rganamiz - bunday muxlislar va bu kabi stadionlarda o‘ynash doim ajoyib".

Yana bir qiziq fakt shuki, «Chelsi» darvozaboni Eduar Mendi Chempionlar Ligasining 15 o‘yinida 11 marta darvozasi dahlsizligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.

Manba: uefa.com
Kiritildi: 10:09, 21.10.2021.
O'qildi: 1907 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.