Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela - Braziliya
15/11 04:30 Paragvay - Argentina
15/11 05:00 Ekvador - Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Dunyoning eng boy futbol murabbiylari. Top-5

Dunyoning eng boy futbol murabbiylari. Top-5

Baho:
+-1 | -

Bundan bir necha kun ilgari 2021 yil uchun eng boy futbolchilar reytingi haqida ma’lumot bergandik. Endi navbat murabbiylarga. Faqat bu maoshlar bo‘yicha emas, umumiy boylik ma’nosidagi raqamlardir.


5-o‘rin. Fabio Kannavaro
$100 000 000



2006 yil Italiya terma jamoasi bilan Jahon chempionatida g‘alaba qozonib dunyoning eng yaxshi futbolchisi deya e’tirof etilgan Fabio futbolchilik faoliyatini yakunlagach radarlardan yo‘qolib qoldi, go‘yo. Aslida sobiq himoyachi dastlab arab shayxlari, so‘ng esa xitoylik milliarderlar bilan hamkorlik qildi. So‘nggi jamoa “Guangjou Evergrand” bo‘lgan bu Fabio so‘nggi 7-8 yil ichida murabbiylik ishidan 100 million AQSH dollari ishlab topdi.  O‘tgan oydan boshlab ishsiz qolgach, endi u balki Yevropada ham ko‘rinish berib qolishi mumkin.

4-o‘rin. Zayniddin Zidan
$120 000 000

Fransiyalik murabbiy albatta futbolchilik faoliyati davomida ham dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi to‘pteparlaridan biri bo‘lgan. Ammo murabbiylikning o‘zini olib qarasak ham qisqa davr mobaynida u ancha o‘sishga erishganini ko‘rish mumkin bo‘ladi. Hozirda ishsiz bo‘lib turgan bu mutaxassis 120 million dollar mablag‘ni “Real”da o‘tkazgan yillari ishlab topdi. Qatorasiga 3 marotaba CHLda g‘olib bo‘lish orqali u har qanday baland maoshga munosib ekanini isbotlab ulgurgan.

3-o‘rin. Joze Mourinyo
$120 000 000



“Roma”da yillik 7,5 mln. yevro ishlab topayotgan Joze zamonaviy futbolga o‘zgacha ruh olib kirgan murabbiylardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, u sovrindorlik borasida ham qolganlardan ajralib turadi. Yirik turnirlardagi 25ta titul! Garchi so‘nggi yillarda uning g‘oyalari eskirgandek ko‘rinayotgan bo‘lsada Muorinyo hozirgacha dunyodagi eng ko‘p iqtibos olinadigan futbol murabbiyi hisoblanadi.

2-o‘rin. Xosep Gvardiola
$120 000 000



Qayerda Mourinyo bo‘lsa ortidan Pep Gvardiola nomi ham kelishiga o‘rganib qolganmiz. Bu yerda ha shunday. Zamonaviy futbolga go‘zal o‘yin uslubini taqdim eta olgan murabbiy maoshlar borasida ancha kamtarin. Uning “Manchester Siti”dagi yillik maoshi, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 23 mln. funt sterlingni tashkil etadi. Albatta, ispaniyalik mutaxassis “Barselona” va “Bavariya” murabbiyi sifatida ishlagan chog‘lari ancha mablag‘ ishlab topgan. Va uning ham boyligi 120 mln. dollar atrofida baholanmoqda.

1-o‘rin. Diyego Simeone
$350 000 000



Ro‘yxatning Simeone boshqarayotganida ajablanayotganlar bormi? So‘nggi yillarda baland maoshi bilan muntazam ravishda bunday reytinglarda birinchi bo‘lib kelayotagan Diyego mana 10 yildirki “Atletiko”da ishlab kelmoqda. Uning qolganlarda farqi albatta barqaror ekani va pullarga bo‘lgan munosabatida. Bugungi kunda yillik maoshi 43 mln. yevrodan o‘tuvchi bu insonning umumiy boyligi 350 mln. dollar atrofida baholangan. Nima ham derdik – Qoyil!

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz

Рейтингда кейинги поғоналарни қуйидаги мураббийлар эгаллаган:

Антонио Конте — 90 миллион доллар
Юрген Клопп — 80 миллион доллар
Рафаэль Бенитес — 80 миллион доллар
Карло Анчелотти — 70 миллион доллар
Оле-Гуннар Сульшер — 80 миллион доллар

Kiritildi: 13:05, 21.10.2021.
O'qildi: 11898 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.