Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Iste’fosidan qaysi murabbiylar katta daromad olgan?

Iste’fosidan qaysi murabbiylar katta daromad olgan?

Baho:
+1 | -

Futbolda juda katta mablag‘ aylanadi. Buni hammamiz yaxshi bilamiz. Shunga ko‘ra, futbol menejmentida ham. Hozirda murabbiylar futbolchilardan past bo‘lmagan maoshlarda ishlashadi. Biroq masalaning boshqa tomoni ham mavjud. Bordiyu, jamoangiz yomon natija qayd eta boshlasa, siz o‘z o‘rningizda qolishingiz juda qiyin bo‘ladi. Xuddi shundayin, Yevropada murabbiydan voz kechgan sӯnggi klub hozirda "Nyukasl" bo‘lib turibdi. Xabarlarda Stiv Bryusga ketar chog‘ida 8 million funt to‘lab berilgani aytiladi. 60 yoshli inson uchun yomon miqdor emas, albatta.
Umuman olganda, Stiv Bryusning iste’fosi bundan sakkiz oy oldin, uning shartnomasi yakunlanay deganda amalga oshishi kerak edi, ammo bunday bo‘lmadi. Bryusdagi holatlarni boshqa klub murabbiylarida ham yuz bergan. Quyida iste’fosidan keyin uyiga yaxshigina mablag‘ bilan qaytgan murabbiylarning bir nechtasi bilan tanishib chiqamiz.

Luis Felipe Skolari - 13,6 million funt

Braziliyalik Jahon chempionati sovrindori bo‘lgan murabbiy 2008 yilning yozida "Chelsi"ga taklif etiladi. U jamoani juda kam, faqatgina yetti oy boshqargan. Klub egasi Abramovich uni o‘z jamoasi yetakchisi bo‘la olmaydi deb, ishdan bo‘shatadi. Shu tariq, Skolariga ketar chog‘ida 13,6 million to‘lab beriladi.

Loran Blan - 17 million funt

Blan Parijdagi uch yillik faoliyatining 2 yilida trebl qayd etadi. Shunga qaramay, "PSJ" uni 2016 yilda iste’foga chiqaradi. Bunga asosiy sabab qilib, jamoaning YECHL chorak finalidan qaytilgani ko‘rsatilgandi. Shunday qilib, Blan Unai Emeri bilan almashtiriladi va unga ketishidan oldin 17 million funt taqdim etiladi.

Fabio Kapello - 13,4 million funt

Italiyalik Kapello 2012 yilda Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga tayinlanadi. Ammo oradan ikki yil o‘tib, 2014 yilda ishdan bo‘shatildi. Bunga esa 2014 yildagi Jahon chempionatida muvaffaqiyatsiz qatnashganligi sabab bo‘ladi. Shunday qilib, Kapello Yevro-2016 saralash bosqichi arafasida iste’fo beradi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, uning ketishi Rossiya Futbol Federasiyasiga 13,4 million funtga tushgan ekan.

Maurisio Pochettino - 12,5 million funt

"Tottenxem"ni YECHL final bosqichiga olib chiqqanidan olti oy o‘tar-o‘tmas, klub rahbari Deniel Levi Pochettinoni ortiq murrabiylik kursisida qolishini istamadi. Shu sabab u 2019 yilning noyabrida ishdan olinadi. O‘shanda "shporlar" APLda 12 turdan keyin 14 o‘rinda borayotgan edi. Mavsumdagi g‘alabalar soni esa atigi 3 ta bo‘lgan.

Joze Mourinyo - 9,5 million va 18 million funt

Portugaliyalik mutaxassis o‘z iste’fosidan bir jamoada ikki marta foyda ko‘rgan murabbiylar sirasiga kiradi. Uning dastlabki ketishi APLda 2007 yil "Chelsi" bilan ro‘y beradi. O‘shanda Joze 18 million funtni "boshini yeb ketgan". Voqeadan sakkiz yil o‘tib, unga yana bir bor imkon beriladi. 2015-16 yilgi mavsumda Mourinyoga chempionlik himoyasi topshiriladi. O‘shanda menejer ketishidan oldin 9,5 million olgandi.

Antonio Konte - 26,6 million funt

Yana bir katta to‘lov "Chelsi" bilan bog‘liq. Konte ketadigan yildagi moliyaviy hisobotlar shuni ko‘rsatadiki, klub italiyalik va uning xodimlari uchun 26,6 million funt sarflagan. Konte "aristokratlar"ni boshqargan dastlabki yilida APLda chempion bo‘ldi. Bu klubning beshinchi zafarli onlari edi. Konte jamoasi bilan o‘sha yili Angliya kubogiga ham ega chiqdi. Ammo keyingi mavsum omadsiz keldi. Jamoa beshinchi o‘ringacha tushib ketdi. Shu sabab 2017-18 yilgi mavsum oxirida italiyalik ishdan bo‘shatildi.

 

 

ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: futaa.com
Kiritildi: 10:32, 22.10.2021.
O'qildi: 4159 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.