Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Ukrainalik muxlislar fikriga ko‘ra, mamlakat tarixidagi eng yaxshi bokschi kim?

Ukrainalik muxlislar fikriga ko‘ra, mamlakat tarixidagi eng yaxshi bokschi kim?

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Boksga befarq bo‘lmagan sport muxlislari bir oy davomida Ukraina tarixidagi eng yaxshi bokschi kim ekanligi borasida o‘z fikrlarini bildirishdi. Qiziq tomoni, ovoz berish jarayonida afsonaviy Vasiliy Lomachenko so‘nggi o‘rinni band etdi.

Aleksandr Usik og‘ir vazn toifasida WBA, WBA, IBF chempionlik kamarlari uchun jangda Entoni Joshuani mag‘lub etib, hozirda eng obro‘li bokschilardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

Agar bunga uning og‘ir vazndagi mutlaq chempionlik unvonini qo‘shsak, Usikni rostan ham Ukraina tarixidagi eng yaxshi bokschilardan biri deb hisoblash mumkin bo‘ladi.

Biroq shunga qaramay ovoz berish jarayonida boks ishqibozlari Usikni ikkinchi o‘rinda qayd etishdi. Birinchi pog‘onadan ikki karra WBC chempioni bo‘lgan Vitaliy Klichko joy oldi. Ammo bu yerda Usik va bir vaqtning o‘zida boks bo‘yicha rekordlar ustasi bo‘lgan Vladimir Klichko o‘rtasidagi katta farq kishini ajablantiradi.

Ovoz berish jarayonida deyarli 14 ming kishi ishtirok etdi va natijalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin:

1. Vitaliy Klichko - 39,72%
2. Aleksandr Usik - 31,76%
3. Vladimir Klichko - 17,36%
4. Vasiliy Lomachenko - 11,16%

Keling, yuqoridagi 4 bokschi xususida qisqacha to‘xtalamiz:

Vitaliy Klichko

WBC versiyasi bo‘yicha abadiy jahon chempioni unvoni sohibi. Vitaliy WBO (1999-2000), WBC (2004-2005, 2008-2013) versiyalari bo‘yicha esa jahon chempioni hisoblanadi.

U faoliyati davomida jami 47 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning 45 tasida g‘alaba qozongan. Bu yurishlarning 43 tasi nokaut bilan yakunlangan. Shuningdek, Klichko faoliyati davomida 2 mag‘lubiyatni ham qabul qilib olgan. «Men professional faoliyatimda hech qachon nokautga uchramaganman», - deya qo‘shimcha qiladi Vitaliy.

Aleksandr Usik

Usik og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni hisoblanadi (2018). WBA, WBO, IFB bo‘yicha ushbu vazn toifasida jahon chempioni sovrinini qo‘lga kiritganidan xabaringiz bor (2021).

Uning umumiy janglari 19 tani tashkil etadi. Hozircha Sasha ularning barchasida g‘alaba qozongan. Muvaffaqiyatli yurishlarning 3 tasi esa nokaut bilan muddatidan oldin tugagan.

Vladimir Klichko

Klichko WBO (2000-2003, 2008-2015), IFB (2006-2015) va WBA (2011-2015) versiyalari bo‘yicha jahon chempioni sanaladi.

U og‘ir vazn toifasida jahon chempioni unvoniga eng ko‘p nomzodi qo‘yilish bo‘yicha rekordga ega - 23 ta. Bu Jo Lui va Muhammad Aliga tegishli ko‘rsatkichlarni ortda qoldirdi.

Shuningdek, «super Klichko» 12 yil davomida (!) jahon chempioni unvoniga ega chiqqan - bu ham rekorddir.

Klichkolarning kichigi jami 69 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning 64 tasi g‘alaba bilan nihoyasiga yetgan (54 nokaut) va 5 mag‘lubiyat.

Vasiliy Lomachenko

Yengil vazn toifasida WBO bo‘yicha jahon chempioni (2014-2016), WBO yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi chempion (2016-2018), yengil vaznda WBA chempioni, WBO (2018-2020) va WBC (2019-2020) kamarlari egasi hisoblangan Lomachenko so‘rovnomaning mutlaq g‘olibiga aylandi. Darhaqiqat, uning yutuqlarini sanash imkonsiz.

2014 yilda Vasiliy professional ringdagi uchinchi jangida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan ikkinchi bokschiga aylandi. Bu natijaning salmog‘ini tasavvur qilish qiyin, albatta. U shuningdek, eng kam jang o‘tkazgani holda ikkinchi vazn toifasida jahon chempionligini qo‘lga kiritib, rekord o‘rnatgan - 7. O‘tkazilgan eng kam janglar soni bo‘yicha uchinchi vazn toifasida jahon chempionligini qo‘lga kiritib, rekord o‘rnatdi - 12.

Lomachenko hisobida jami 17 ta jang mavjud bo‘lib, ularning 15 tasi g‘alabadan iborat. (11 tasi nokaut bilan yakunlangan). Shuningdek, Vasiliy 2 ta mag‘lubiyatga uchraganini ham ta’kidlash joiz.

Kiritildi: 01:15, 24.10.2021.
O'qildi: 3213 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.