Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 19:30 Buxoro 2-0 Qizilqum
14/03 19:30 Neftchi 0-0 Qo‘qon-1912
15/03 00:45 Jenoa 2-1 Lechche
15/03 01:00 Las-Palmas 2-2 Alaves
15/03 17:55 Sho‘rtan - Bunyodkor
15/03 18:00 Valyadolid - Selta
15/03 19:00 Monsa - Parma
15/03 19:00 Udineze - Verona
15/03 19:30 Andijon - Nasaf
15/03 20:00 Everton - Vest Xem
15/03 20:00 Ipsvich - Nottingem Forest
15/03 20:00 Manchester Siti - Brayton
15/03 20:00 Sautgempton - Vulverhempton
15/03 20:15 Malyorka - Espanyol
15/03 20:15 Dinamo - Mash’al
15/03 22:00 Milan - Komo
15/03 22:30 Vilyarreal - Real Madrid
15/03 22:30 Bornmut - Brentford
16/03 00:45 Torino - Empoli
16/03 01:00 Jirona - Valensiya
16/03 16:30 Venetsiya - Napoli
16/03 17:45 Surxon - Xorazm
16/03 18:00 Leganes - Betis
16/03 18:30 Arsenal - Chelsi
16/03 18:30 Fulhem - Tottenhem
16/03 19:00 Bolonya - Lasio
16/03 19:30 So‘g‘diyona - Navbahor
16/03 20:00 Roma - Kalyari
16/03 20:00 OKMK - Paxtakor
16/03 20:15 Sevilya - Atletik Bilbao
16/03 22:00 Fiorentina - Yuventus
16/03 22:30 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
16/03 22:30 Osasuna - Xetafe
17/03 00:00 Lester - Man. Yunayted

Tuxel, Ziyesh, Jorjinyo «Chelsi»ning Shvetsiyadagi g‘alabasidan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi

Tuxel, Ziyesh, Jorjinyo «Chelsi»ning Shvetsiyadagi g‘alabasidan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi

Baho:
+ | -

Chempionlar Ligasi guruh bosqich 4-turi doirasida Shvesiyaning «Malmyo» klubi o‘z maydonida «Chelsi»ni qabul qildi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuvda Hakim Ziyesh gol urgan bo‘lsada, Jorjinyo bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Quyida futbolchi va murabbiylarning o‘yindan keyin bildirgan fikrlarini taqdim etamiz.

Jorjinyo: "Ajoyib o‘yin ko‘rsatdik, qiyin o‘yin bo‘ldi, ammo nazorat qilishga harakat qildik va vaziyatlar yaratish uchun urindik. Hech qachon oson bo‘lmaydi. Taxmin qilganimdek va ko‘p odamlar o‘ylashganidek, oson o‘yin bo‘lgani yo‘q. Atmosfera, maydon va raqibning uyida o‘ynashi birinchi o‘yindagidan farq qilgan jihatlar. Birinchi bo‘limda gol urishni uddalay olmadik, lekin sabr qilgan holda harakat qilishda davom etdik, ishladik, yaratdik. Shundan keyin gol o‘zi keldi".

«Malmyo» hujumchisi Antonio Cholak: "Bu biz tomonimizdan ko‘rsatilgan ajoyib o‘yin va atmosfera bo‘ldi. «Chelsi» qattiq himoyalanganimizni va hujumda vaziyatlar yaratishga harakat qilganimizni guvohiga aylandi deb o‘ylayman. Men deyarli gol urgan edim. Golga juda yaqin kelgandik, shuning uchun achchiqlandik. Ammo, biz buni kelajak uchun o‘sish va ijobiy holat sifatida qabul qilishimiz lozim".

«Chelsi» yarim himoyachisi Hakim Ziyesh: "Bu biz uchun ahamiyatli o‘yin edi va safarda o‘ynaganingizda har doim qiyin bo‘ladi. Ammo, o‘yinni boshidan nazorat qildik deb o‘ylayman. Ularga ko‘plab imkoniyatlar bermadik va yakunda o‘zimizga kerak bo‘lgan golni kiritdik. Ushbu golimni urishni uzoq vaqtdan beri kutayotgandim. Kallum va Kay o‘rtasida ajoyib bog‘liqlik bo‘ldi. U meni uzoqdan ko‘rdi va yaxshi krossni amalga oshirdi. Men bu vaziyatni osonlik bilan ijobiy tugata oldim. Ishqibozlarning o‘yin boshidan oxiriga qadar qo‘llab-quvvatlagani ajoyib bo‘ldi. Ular jamoalarining orqasida turishdi. Ular bizga qiyinchilik yaratishdi, lekin bir muddatdan keyin stadionlarda yana olomonning bo‘lishi ham yoqimli".

«Chelsi» ustozi Tomas Tuxel: "Biz natijani istadik, natija bizga kerak edi, natijani kutdik - va uni ta’minladik. Ular muxlislardan quvvat olib turishdi. Bu Yevropa Chempionlar Ligasi safar o‘yinida ishtirok etganimda meni olqishimga sabab bo‘ladigan jihatlardan biri. Hissiyotni tasvirlab berish mushkul. Menga yovuz jamoa bo‘lgan holda bu yerga kelish yoqadi. Ikkinchi bo‘limda gol urish uchun shiddatni oshirishni istadik va bosim qilgan vaqtimizda undan aniqlik bilan foydalana oldik va bu biz uchun gol urishimizga yetarli bo‘ldi".

Tuxel Loftus-CHik haqida: "U o‘z yo‘lini topish uchun kurash olib borganidan xursandman. Uning yo‘qolib qolmasligi ramziy ahamiyatga ega. U raqiblaridan ustunlik qilishni istaydi, u shunchaki o‘yinning bir qismi bo‘lmaslikni xohlaydi, chunki buning uchun u juda ham iste’dodli".

Eslatib o‘tamiz, londonliklar 4 turdan keyin o‘z guruhlarida 9 ochko to‘plagan holda «Yuventus»dan (12 ochko) keyin ikkinchi o‘rinni band etib turishibdi.

Manba: uefa.com
Kiritildi: 10:46, 03.11.2021.
O'qildi: 2618 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz