Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

UYEFA «Vest Xem» muxlislariga «Rapid»ga qarshi o‘yinda stadionga kirishni taqiqladi

UYEFA «Vest Xem» muxlislariga «Rapid»ga qarshi o‘yinda stadionga kirishni taqiqladi

Baho:
+ | -

UEFA Yevropa ligasining guruh bosqichidan o‘rin olgan «Vest Xem» va «Rapid» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda mezbon jamoa muxlislarining stadionga kirishini taqiqladi. Bu haqda "bolg‘achilar" rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Bunga jamoa ishqibozlarining «Genk»ka qarshi bo‘lib o‘tgan safardagi o‘yinda (2:2) o‘zlarini tutishi sabab bo‘ldi. Bu bahsda angliyalik muxlislar stadionda tartibsizlikni yuzaga keltirgandi. Shuningdek, «Vest Xem» 34 500 yevro miqdorida jarimaga tortildi. Jamoa UEFAning ushbu qarori yuzasidan bayonot berdi.

«Klub UEFAdan ushbu qaror yuzasidan zudlik bilan izoh talab qiladi. Ayniqsa, o‘yinga kam vaqt qolganidan chiqarilgan jazo chorasi o‘yinga chipta xarid qilishga ulgurgan va Avstriyaga borish masalasini hal qilib qo‘ygan fanatlariga bu yomon ta’sir qiladi.

Ushbu jazo chorasi bizni hayron qoldirdi, o‘zini tartibli tutgan va butun o‘yin davomida jamoamizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarning hafsalasini pir qildi.

Klub UEFAdan ushbu jazo chorasi yuzasidan yozma izoh berishni talab qildi va so‘rovimizga imkon qadar javob berishini so‘radi. Javobning kechikishi klub muxlislariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin», — deyiladi bayonotda.

«Rapid» — «Vest Xem» uchrashuvi 25 noyabr kuni Vena shahrida bo‘lib o‘tadi. Angliyaliklar 10 ochko bilan "H" guruhida peshqadam bo‘lib turishibdi.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 09:23, 16.11.2021.
O'qildi: 1197 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик