Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/02 20:15 Sevilya 1-1 Jirona
08/02 22:30 Atletiko 0-1 Betis
09/02 00:45 Yuventus 2-2 Lasio
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese
10/02 00:45 Roma - Kalyari

Prevyu. "So‘g‘diyona" – "Nasaf"

Prevyu. "So‘g‘diyona" – "Nasaf"

Baho:
+ | -

Superliganing 25-turida "ajdarlar Jizzaxning "So‘g‘diyona" jamoasi mehmoni bo‘ladi. O‘yin 20 noyabr kuni Jizzaxdagi "So‘g‘diyona" stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs soat 14:00 da boshlanadi.

Bu bellashuv jamoalar uchun joriy mavsumdagi to‘rtinchi bellashuv bo‘ladi. Qarshiliklar Superliganing birinchi davrasida Jizzax jamoasini o‘z uyida 1:0 hisobida taslim etgan bo‘lsa, O‘zbekiston kubogi guruh bosqichida 2:2 hisobi qayd etilgan. Jamoalar O‘zbekiston Kubogi 1/4 finalida yana bir-birlariga ro‘baro kelishdi. Jizzaxda bo‘lib o‘tgan bahsda "Nasaf" minimal 0:1 hisobida g‘alaba qozonib yarim finalga yo‘l oldi.

O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Ushbu jamoalar O‘zbekiston chempionatida hozirga qadar 43 bor kuch sinashishgan. Yaqqol ustunlik "ajdarlar" tomonida. Bo‘lib o‘tgan 33 uchrashuvda "Nasaf", 8 o‘yinda esa jizzaxliklar g‘alaba qozonishgan. 2 uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan.

To‘plar nisbati 36:91 ga teng. Ustunlik yana "Nasaf" tarafida.

O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: "Nasaf" – "So‘g‘diyona" 4:0, "So‘g‘diyona" - "Nasaf" 3:1.

Jamoalar so‘ngi bor Superligada 2021 yili 4 iyul kuni Qarshida bellashishgan. Bu uchrashuvda "ajdarlar" 1:0 g‘alaba qozonishgan. Bellashuvdagi yagona golga Husayn Norchayev mualliflik qilgan.

E’tiboringizga, O‘zbekiston chempionatida jamoalar ishtirokidagi so‘nggi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz:

04.07.2021 Nasaf — So‘g‘diyona 1:0
20.11.2020 So‘g‘diyona — Nasaf 3:1
17.08.2020 Nasaf — So‘g‘diyona 3:0
27.11.2019 So‘g‘diyona — Nasaf 1:1
31.03.2019 Nasaf— So‘g‘diyona 3:1

Manba: Nasaf klubi matbuot xizmati
Kiritildi: 05:30, 19.11.2021.
O'qildi: 1937 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.