Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 1-3 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli 1-1 Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya 0-1 Lechche
26/11 01:00 Nyukasl 0-2 Vest Xem

Superliga. Vodiy derbisida "Navbahor" g‘alaba qozondi

Superliga. Vodiy derbisida "Navbahor" g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Uchrashuv ahamiyatidan kelib chiqsak, uning tomoshabop va keskin kurashlar ostida o‘tishini taxmin qilish qiyin emasdi. Har ikki jamoa shunga munosib tarzda stadionga to‘plangan muxlislarga murosasiz o‘yin taqdim etishdi.

Birinchi bo‘limda xavfli vaziyatlar asosan standartlardan keyin vujudga keldi. Ayniqsa, “Navbahor” futbolchilarining burchak zarbasini ijro etishlari natijasida “Andijon” darvozasi oldida golga tortadigan holatlar kuzatildi. Mezbonlar ham o‘z navbatida, oldinga intilib, xavfli hujumlar uyushtirishdi. Shunday holatlardan biri 34-daqiqada kuzatilib, O‘tkir Yusupov so‘nggi himoyachi rolini bajarib, oldinga intildi, lekin biroz xatoga yo‘l qo‘yishi oqibatida andijonliklar hisobni ochishlari mumkin edi. Lekin bu vaziyatda himoyachilarimiz faol harakat qilishdi.

Shu tariqa, tomonlarning astoydil urinishlariga qaramay, birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. 15 daqiqalik tanaffusdan keyin “Navbahor” ustunlikni o‘z tomoniga og‘dirib, hujumni kuchaytirdi. Urinishlar 67-daqiqada o‘z samarasini berdi. Mirzohid G‘ofurovning burchakdan oshirib bergan to‘pini barchadan chaqqon harakat qilgan Igor Golban ikkinchi harakatda darvoza to‘riga joyladi – 0:1.

Goldan so‘ng maydon egalari vaziyatni o‘nglash maqsadida oldinga intilishdi, lekin futbolchilarimizning tartibli harakatlari darvozamizga to‘p kiritilishining oldini oldi. 79-daqiqada “Andijon” a’zosi Baxtiyorjon Qosimov ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatildi. Oradan 8 daqiqa o‘tib, “Navbahor” mezbonlar darvozasiga ikkinchi to‘pni kiritdi. Vakillarimizning qarshi hujumi payti Ehsoni Panshanbe darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib, o‘zi gol urishi mumkin bo‘lgan vaziyatda to‘pni sherigi Boyan Naydenovga uzatdi. Yarim himoyachimizga esa bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qilish qiyinchilik tug‘dirmadi – 0:2.

89-daqiqada “Andijon” futbolchilari hisobn qisqartirishdi. Gol muallifi – Usmonali Ismonaliyev. Lekin bu uchrashuvdagi so‘nggi gol bo‘ldi va “Navbahor” safardan uch ochko bilan qaytdi.

Superliga. 25-tur

21 noyabr (yakshanba)

“ANDIJON” - “NAVBAHOR” – 1:2 (0:0)

Andijon. “Bobur arena” stadioni. 5469 tomoshabin.

Hakamlar: Zokir Qodirov, Sanjar Shoyusupov, Aleksandr Sidorov, Husan Muzaffarov.

Nazoratchi: Konstantin Smirnov.

O‘zPFL komissari: Said Shohruh.

Gollar: Usmonali Ismonaliyev (89) – Igor Golban (67), Boyan Naydenov (87).

“Andijon”: 1.Eldor Adhamov, 3.Azamat Isroilov (20.Izzatillo Abdulhaqov, 82), 4.Usmonali Ismonaliyev, 5.Abdulvohid G‘ulomov, 8.Baxtiyorjon Qosimov, 9.Pavel Zabelin, 14.Vasiliy Sovpel, 17.Farhodjon Sohibjonov, 18.Abdug‘ani Kamolov (10.Vladislav Vasilyev, 78), 26.Muhammadkarim Toirov, 49.Plamen Dimov.

“Navbahor”: 1.O‘tkir Yusupov, 4.Boyan Siger, 7.Azimjon Ahmedov, 8.Sardor Telyakov (20.Ibrohim G‘anixonov, 61), 17.Ehsoni Panshanbe (28.Ilhomjon Alijonov, 90), 19.Mirzohid G‘ofurov, 22.Igor Golban, 24.Davronbek Hoshimov, 70.Abbosjon G‘ulomov, 88.Boyan Naydenov, 95.Zabihillo O‘rinboyev.

Ogohlantirishlar: Pavel Zabelin (1), Baxtiyorjon Qosimov (15), Abdug‘ani Kamolov (28), Plamen Dimov (58), Usmonali Ismonaliyev (89) – Abbosjon G‘ulomov (8), Igor Golban (19), Boyan Naydenov (30), O‘tkir Yusupov (90+2).

Manba: Navbahor klubi matbuot xizmati
Kiritildi: 17:28, 21.11.2021.
O'qildi: 1970 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.