Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Levandovski “Tuttosport” talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisiga aylandi

Levandovski “Tuttosport” talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisiga aylandi

Baho:
+ | -

Myunxenning “Bavariya” klubining polshalik hujumchisi Robert Levandovski Italiyaning “Tuttosport” nashri talqiniga ko‘ra 2021 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 

13 dekabr kuni Turinda faxriy tantanali marosim bo‘lib o‘tadi va unda polyak “Oltin o‘yinchi” sovrinini oladi. Faxriy sovrin uchun kurashda Levandovski ikkinchi o‘rinni egallagan italiyalik Jorjinyo (“Chelsi”) va uchinchi o‘rinni egallagan argentinalik Lionel Messini («PSJ») ortda qoldirdi.

Joriy mavsumda 33 yoshli Levandovski “Bavariya” safida barcha turnirlarda 18 ta o‘yin o‘tkazib, 24 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 19:49, 22.11.2021.
O'qildi: 2388 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик