Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

"Real Madrid” va Braziliya futboli kelajagi – Vinisius Junior

"Real Madrid” va Braziliya futboli kelajagi – Vinisius Junior

Baho:
+ | -

 Yosh va barqaror

Vinisius Junior to‘rt mavsumdan beri "Real Madrid"da o‘ynamoqda va "Qirollik klubi" safida 135 ta o‘yinda maydonga tushdi, bu esa 21 yoshli futbolchi uchun ajoyib natija. Braziliyalik iste’dod har tomonlama muxlislarda yaxshi taasurot qoldirmoqda, hatto "Flamengo"da ham u chiroyli va tomoshabop harakatlarni amalga oshirardi, tezkor va texnikasi yuqori futbolchi har doim himoyachilar uchun bosh og‘rig‘i bo‘lib qoladi.

     Vinisius ajoyib qobiliyatlarga ega: uning tezligi va texnikasi juda yuqori, gugurt kabi ingichka oyoqlari ko‘ringanidek nozik emas. Bunday kalibrli iste’dod ertami-kechmi imkoniyatga ega bo‘ladi, ammo aynan antropometrik ma’lumotlar Juniorga kattalar futboliga juda erta qo‘shilish imkonini berdi. Biroq, braziliyalikning jismoniy tayyorgarligiga shubha qilish mumkin emas.

"Qasam ichamanki, u bizga qarshi o‘ynayapti".

Vinisius 2018-yil sentyabrida "Real Madrid" libosidagi ilk o‘yinlardanoq o‘zining mahorati bilan muxlislarni hayratda solgan. O‘shanda "qaymoqranglilar"ni Xulen Lopetegi boshqarardi. Yosh braziliyalik Santyago Solari kelganidan so‘ng ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘la boshladi, uning haqiqiy iqtidorini bir tomondan argentinalik mutaxassis kashf etgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. So‘ngra Zinedin Zidan unga ikki yil murabbiylik qilgan, hozir esa Vinisius faoliyati Karlo Anchelotti qo‘l ostida davom ettirmoqda.

Junior ushbu mavsumgacha ko‘plab mutaxassislar va muxlislar tomonidan jiddiy tanqid qilingan. Undagi tezlik va texnika deyarli jamoa uchun naf keltirmas edi. Shu o‘rinda Gladbaxning “Borussiya”ga qarshi o‘yinda Karim Benzema va Ferlan Mendi o‘rtasidagi mashhur suhbatni eslatib o‘tmoqchiman. Shunda Karim g‘ayrioddiy iltimos bilan vatandoshiga yuzlangan: “Vinisiusga pas berma. U maydonda miyasiga kelganini qiladi. Qasam ichamanki, u bizga qarshi o‘ynayapti.”

Benzemaning ushbu so‘zlari hazil tariqasida qabul qilingan, lekin Karim haqiqatan ham o‘sha uchrashuvning ikkinchi bo‘limida Vinisiusga birorta ham pas bermagan. Shundan so‘ng Vinisius 2-3 o‘yin nisbatan kamroq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgan.

Iqtidorli, ammo “miya”siz

Vinisiusning texnikasi doim yuqori baholangan, ammo yaqin vaqtgacha u qadimgi DOS operasion tizimida ishlaydigan super-zamonaviy kompyuterga o‘xshardi. Braziliyalikning muammosi shundaki, uning jismoniy holati va texnikasi, maydondagi aqlidan ancha oldinda edi. Iqtidorli braziliyalik o‘z mahoratidan foyda chiqara olmas edi.

 So‘nggi yillarda Vinisiusga nisbatan ishonch biroz pasaygan edi. O‘tgan mavsum davomida Vini "Real Madrid"da juda ko‘p mashg‘ulot o‘tkazadi, sababi u bu yerda eng yaxshisi bo‘lishi mumkin edi. Bu mashg‘ulotlar albatta o‘z samarasini berdi.

Mirjalol Pardaboyev tarjimasi

Kiritildi: 21:50, 24.11.2021.
O'qildi: 4067 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.