Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

O‘zbek boksida hakamlik yo‘nalishida yangi tizim ishga tushirilmoqda

O‘zbek boksida hakamlik yo‘nalishida yangi tizim ishga tushirilmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

So‘nggi paytlarda yurtimizda boks hakamlari faoliyatini yanada rivojlantirishga ehtiyoj tug‘ilmoqda. Shu maqsadda O‘zbekiston boks federasiyasi rahbariyati yurtimizdagi boks hakamlari malakasini oshirish, ushbu yo‘nalishda yangiliklarni tatbiq etish borasida amaliy ishlarni boshlab yuborgan.

Bugun shu maqsadda boks hakamlari ishtirokida onlayn yig‘ilish tashkil etildi.

Yo‘lga qo‘yilgan loyiha haqida AIBA musobaqalar o‘tkazish qo‘mitasi, ASBC musobaqalar o‘tkazish komissiyasi a’zosi Shohid Tillaboyev tomonidan tushuntirib berildi.

Ushbu yo‘lga qo‘yilayotgan tizimdan maqsad, boks hakamlarida malakani oshirish, hakamlikda adolat, shaffoflik masalalarini kuchaytirishdan iborat.

Hakamlik masalasidagi muammolar o‘z navbatida seleksiya ishlariga ham ta’sir qilayotgani, buning oqibatida iqtidorlar ko‘zga ko‘rinmay qolib ketayotganligi ta’kidlandi.

Rejaga ko‘ra, 4-7 dekabr kunlari Buyuk Britaniya va Ukrainadan AIBAning tajribali instruktorlari o‘zbekistonlik hakamlar uchun seminar o‘tadi va yangi tizimning mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtiradi. Seminarda qatnashgan tinglovchilar AIBAning tajribali instruktorlariga imtihon topshirishadi. Bu orqali hakamlarimiz malakasini oshirish va xalqaro arenalarda o‘zbekistonlik hakamlarning sonini ko‘paytirish maqsad qilingan.

O‘zbekiston boks federasiyasi hakamlikda o‘zini sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan hamyurtlarimiz uchun tanlov e’lon qilgandi. Ayni paytda hakamlikka talabgorlarni ro‘yxatga olish ishlari davom etmoqda. Mazkur tanlov ham yurtimizda hakamlik korpusini rivojlantirishning muhim bo‘lgan qismlaridan biri hisoblanadi.

Manba: Ўзбекистон бокс федерацияси матбуот хизмати
Kiritildi: 20:26, 26.11.2021.
O'qildi: 1427 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик