Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/10 21:30 Napoli 3-1 Komo
04/10 23:45 Verona 2-1 Venetsiya
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas - Liverpul
05/10 17:00 Espanyol - Malyorka
05/10 18:00 Udineze - Lechche
05/10 19:00 Arsenal - Sautgempton
05/10 19:00 Brentford - Vulverhempton
05/10 19:00 Lester - Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem - Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti - Fulhem
05/10 19:15 Xetafe - Osasuna
05/10 21:00 Atalanta - Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas - Selta
05/10 21:30 Valyadolid - Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton - Nyukasl
05/10 23:45 Inter - Torino
06/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Ushbu hafta yevrokuboklarda ro‘y bergan top-10 voqealar

Ushbu hafta yevrokuboklarda ro‘y bergan top-10 voqealar

Baho:
+ | -

  Futbol kutilmagan voqealar va sensasiyalarga boy sport turidir. Ushbu hafta yevrokuboklar bizga bir nechta qiziqarli voqealarni taqdim etdi.

10. Konferensiyalar ligasida "Tottenxem" “Mura”ga mag‘lub bo‘ldi

"Shporlar" yevrokuboklar haftasida sensasion tarzda mag‘lub bo‘ldi. Konferensiyalar ligasida guruh bosqichidagi to‘rtta o‘yinda ham mag‘lub bo‘lgan kamtarona Sloveniya jamoasi hisoblanmish “Mura” londonliklarni yengdi. Bu “Tottenxem”ning Antonio Konte boshqaruvidagi ilk mag‘lubiyati bo‘lib, o‘yindan keyin murabbiy jamoasining o‘yinidan hafsalasi pir bo‘lganini yashirmadi:

“Men klubda uch hafta o‘tkazdim va vaziyatni aniq tushuna boshladim. Bu oson emas. Ayni damda “Tottenxem”ning saviyasi u qadar yuqori emas. Biz eng yaxshi jamoalardan ancha orqadamiz. Bu meni qo‘rqitmaydi, lekin jamoaning o‘yin sifatini yaxshilash uchun ko‘p harakat qilishimiz kerak.”

“Tottenxem” Konferensiyalar ligasida 5 turdan keyin 7 ochkoga ega. Ularda turnirning pley-off bosqichiga chiqa olmaslik xavfi bor.

9. "Liverpul", "Ayaks" va "Bavariya" Chempionlar ligasida 100 foizlik natija ko‘rsatmoqda

Chempionlar ligasiga o‘tadigan bo‘lsak, biz 5 uchrashuvda 5 ta g‘alaba qozongan benuqson jamoalar triosini tabriklasak bo‘ladi. "Liverpul", "Bavariya" va "Ayaks" muddatidan oldin o‘z guruhlarida keyingi bosqich masalasini hal qilishdi, ular endi qur’a haqida o‘ylayversa bo‘ladi. Bu uch jamoadan tashqari “Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” klublari kvartetlarda birinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi. Ular keyingi bosqichda o‘zaro bir-biriga raqib bo‘lib qolmasligidan xursand bo‘lishsa kerak.

8. Levandovski, Alle va Ronaldu ECHL 2021/22 mavsumida har bir o‘yinda gol urishmoqda

Jamoa muvaffaqiyatidan shaxsiy muvaffaqiyatgacha. Chempionlar ligasining beshta asosiy o‘yinidan so‘ng eng yaxshi to‘purarlar uchligi quyidagicha:

Sebastyen Alle (“Ayaks”) – 9 ta gol

Robert Levandovski (“Bavariya”) – 9 ta gol

Krishtianu Ronaldu (“Manchester Yunayted”) – 6 ta gol

 Uchalasi ham joriy mavsumda o‘tkazgan beshta o‘yinning har birida ajoyib o‘yin ko‘rsatishdi, Sebastyen Alle UYEFA Chempionlar ligasining dastlabki besh o‘yinida 9 marta gol urgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylandi.

7.“Zenit” yevrokuboklardagi kelajagini hal qildi

Chempionlar ligasining guruh bosqichida so‘nggi o‘rinlarni egallab turgan Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi bu safar turnir yakuniga qadar uchinchi pog‘onani egallab oldi. Endi esa Rossiya chempionlari Yevropa ligasining 1/16 finalida o‘ynaydi. “Zenit” Chempionlar ligasida ushbu turda safarda shvedlar bilan durang (1:1) o‘yin o‘tkazgan. Afsuski, ular safarda yevrokubok o‘yinida yana g‘alaba qozona olishmadi: “Zenit” Chempionlar ligasi va Yevropa ligasida qatorasiga 18 o‘yinda mehmonda g‘alaba qozona olmadi.

6. Junior Messias "Milan"ga 8 yildan so‘ng Chempionlar ligasidagi g‘alabasini keltirdi

      

"Milan" Chempionlar ligasining sakkizta mavsumni o‘tkazib yubordi. Milan 2013/14 yilgi mavsumda “Atletiko Madrid”ga qarshi o‘yin o‘tkazgan edi. “Rossonerlari” “matraschilar” bilan o‘yinda uzoq davom etgan g‘alabasiz seriyasini tugatgani ramziy ma’noga ega: Stefano Pioli shogirdlari Madridda 87-daqiqada g‘alaba to‘pini kiritishdi, Messias Junior esa jamoaga zarur bo‘lgan golga mualliflik qildi.

Hozir bu braziliyalik hujumchi 30 yoshda va olti yil oldin u kurer bo‘lib ishlagan. Messias 25 yoshida professional karerasini boshlagan. Avvaliga u Italiya C va D seriyalarida o‘ynagan va “Krotone”dagi o‘yinlari tufayli “Milan” bilan shartnoma imzolagan.

5. "Yuventus" Chempionlar ligasidagi eng yirik mag‘lubiyatini qabul qildi

“H” guruhida “Yuventus” va “Chelsi” birinchi o‘rinni bo‘lishib olishdi. Birinchi davrada “keksa sinyora” Turinda Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi, biroq “Stemford Brij”dagi uchrashuv Massimiliano Allegri jamoasi uchun haqiqiy dahshatga aylandi. “Yuventus” “Chelsi”dan javobsiz to‘rtta gol o‘tkazib yubordi va Chempionlar ligasidagi eng yirik mag‘lubiyatini qabul qildi. Yana bir faktni aytib o‘tish joiz: italiyaliklar darvozasiga dastlabki uchta golni “Chelsi” tarbiyalanuvchilari – Chaloba, Jeyms va Xadson-Odoi kiritishdi. Chempionlar ligasida bunday xolat kamdan-kam kuzatiladi.

4. Dortmundning “Borussiya” klubi Yevropa ligasiga yo‘l oldi

Guruh bosqichini ikkita g‘alaba bilan boshlagan Dortmundning “Borussiya”si keyingi uchta o‘yinda mag‘lub bo‘ldi va Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. Lissabonning "Sporting" klubidan 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchragan nemislar so‘nggi tur natijalaridan qat’i nazar, kuchli ikkilikdan joy olisha olmaydi. “Asalarilar” jarohat olgan Erling Hollandsiz butunlay tushkunlikka tushgandek go‘yo. Bahorda norvegiyalikni Yevropa ligasida ko‘ramiz, agar, albatta «Borussiya»ning Chempionlar ligasi bilan xayrlashishi uni qishda boshqa jamoaga o‘tishga undamasa.

 3. “Yang Boyz” va “Atalanta” Bernni “portlatishdi”

Hafta evrokubogining eng yorqin o‘yini Bernda "Yang Boyz" va "Atalanta" jamoalari bahsida kuzatildi. Gasperini shogirdlari 1:0 va 2:1 hisobida oldinda borayotgandi, mezbonlar 2 bor gol kiritib bergamoliklarni qiyin ahvolga tushirib qo‘ydi. Ammo yakunda italiyaliklar hisobni 3-3 ko‘rinishiga keltira olishdi.

2. "Spartak" yana "Napoli"ni mag‘lub etdi

Buni shunchaki sensatsiya deyish mumkin emas. RPL jamoasi ya’ni “Spartak” Evropa Ligasida A Seriya peshqadamini ikki marta mag‘lubyatga uchratdi. Neapoldagi g‘alaba Mario Ruining erta chetlatilishi bilan bog‘liq edi, ammo Moskvada jamoalar butun o‘yinni teng tarkibda o‘tkazishdi va "qizil-oqlar" yana bir marta Spaletti jamoasidan ustun kelishdi. Aleksandr Sobolev dubl qayd etdi, Aleksandr Selixov ajoyib seyvlarni amalga oshirdi.

1. “Manchester Siti” ”PSJ”dan qasos oldi

Chempionlar ligasining asosiy posteri "Manchester Siti" va "PSJ" o‘rtasidagi yangi uchrashuv bo‘ldi. Sentyabr oyida “Park de Prens”da mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishgandi. Ammo “Etihad”da parijliklar ustunligini ko‘rsata olmadi. Hisobdan kelib-chiqib Pochettino jamoasi raqibdan kuchsiz edi deb bo‘lmaydi - 1:2, ammo "shaharliklar" parijliklar fonida yuqori darajadagi jamoaga o‘xshadi. Daxshatli MNM triosi hamon faqat qog‘ozda yoki video o‘yinlarda kuchli.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:25, 27.11.2021.
O'qildi: 2625 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.