Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Ko‘p narsalarga umid bog‘laganmiz" — Mikel Arteta

"Ko‘p narsalarga umid bog‘laganmiz" — Mikel Arteta

Baho:
+ | -

"Arsenal" ustozi Mikel Arteta klubning yanvar oyidagi transferlar oynasida nimaga harakat qilishini aytdi. U bu haqda shunday deydi:

"Biz buni muhokama qilmoqdamiz. Biz har hafta nima qilsak jamoa kuchli bo‘ladi, qanday vositalar jamoani yaxshi tarafga o‘zgartiradi va yanvar oyida voqealarni qanday nazorat qilish haqida fikr almashamiz. Ko‘rib turganingizdek, bizda o‘z kelajagi haqida aniq tasavvurga ega bo‘lmagan bir nechta futbolchilar mavjud.

Shu sabab biz hozirdanoq ular borasida qishda va yozda qanday yo‘l tutish borasida o‘ylab ko‘rishimiz kerak bo‘ladi. Hali ko‘p narsa qilinishi lozim. Chunki biz ko‘p narsalarga umid bog‘laganmiz. Shuning uchun transferlar bozorida aql bilan ish tutishimiz shart".

Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" keyingi turni o‘z uyida "Sautgempton"ga qarshi o‘tkazadi.

Manba: caughtoffside.com
Kiritildi: 14:45, 08.12.2021.
O'qildi: 1758 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.