Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

O‘zbekiston U-21 chempionati loyihasini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha fikr almashilmoqda

O‘zbekiston U-21 chempionati loyihasini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha fikr almashilmoqda

Baho:
+ | -

Bilasiz, O‘zbekiston Professional futbol ligasi OFK talablari asosida musobaqalar o‘tkazish jarayonini bosqichma-bosqich takomillashtirib kelmoqda. Jumladan, 2021 yilgi mavsumda U-18 chempionati ilk bor katta masshtabda o‘tkazildi, shuningdek, U-16 hamda U-14 musobaqalari ham ortda qolayotgan yilda o‘zgacha tarzda tashkil etildi.

2020 yilga qadar OFK lisenziyalash jarayonidan faqatgina Superliga klublari o‘tgan bo‘lsa, 2021 yilga kelib Pro liga jamoalari ham OFK lisenziyasi uchun potensial da’vogarga aylandi. O‘zPFL bu orqali Superliga va Pro liga klublari oldiga qo‘yilayotgan talablarni tenglashtirgan holda, Pro liga klublari saviyasini infratuzilma jihatidan Superligaga yaqinlashtirish yo‘lidan bormoqda. 2022 yilga kelib esa Birinchi liga klublari ham mazkur jarayonda ixtiyoriy ravishda ishtirok etishi mumkin bo‘ladi. Bu holat kelajakda Pro liga va Superliga klublari sonining oshishiga xizmat qiladi.

Ayni vaqtda Superliga va Pro liga o‘rtasidagi yagona farq U-21 jamoasining mavjud yoki mavjud emasligi bo‘lib turibdi. O‘zPFL 2022 yilgi mavsumdan boshlab mazkur masalaga ham alohida e’tibor qaratishni rejalashtirmoqda. Ya’ni, endilikda Pro liga klublari qoshida ham U-21 jamoalarining tashkil etilishi bosqichiga o‘tish – asosiy vazifa bo‘ladi.

Ma’lumki, futboli rivojlangan mamlakatlarning U-21, U-23 kabi chempionatlari asosiy tarkibnikidan alohida tarzda tashkil etiladi. O‘zbekiston Professional futbol ligasi aynan shu masalada klublar bilan U-21 chempionatini alohida tashkil etish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Unga ko‘ra, Superliganing barcha hamda Pro liganing davlat korxonalari tomonidan moliyalashtirilayotgan futbol klublari U-21 jamoasiga ega bo‘lishi shart etib belgilanadi. Pro ligada ishtirok etayotgan xususiy klublar esa ixtiyoriy ravishda U-21 chempionatiga qo‘shilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Mazkur holat bizga U-18 chempionati kabi ikki liga vakillarini umumiy jamlagan alohida musobaqa tashkil etish imkoniyatini yaratadi. Bu esa o‘z navbatida o‘zini ko‘rsatish niyatida bo‘lgan qator yosh futbolchilarga qo‘shimcha o‘rinlar tashkil qilish imkonini beradi.

Ma’lumki, U-21 chempionatining asosiy tarkib jamoalaridan bir kun avval yoki bir kun keyin maydonga tushishi, o‘rinbosarlar ligasiga bo‘lgan e’tiborga o‘z ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda. Ya’ni, barchaning diqqat e’tibori baribir asosiy tarkib jamoasida bo‘ladi. Hatto bosh murabbiylar ham U-21 chempionatini kuzatish fonida o‘z jamoasining o‘yinoldi mashg‘ulotlarida ishtirok etayotgan bo‘ladi. U-21 chempionatining alohida va umumiy tashkil etilishi esa mazkur yosh toifasidagi jamoalarga bo‘lgan e’tiborni tubdan o‘zgartirish imkonini beradi.

O‘zPFL ayni paytda bu borada futbol klublari bilan maslahatlashuv olib borib, ularning fikrlarini o‘rganmoqda.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 22:34, 12.12.2021.
O'qildi: 1643 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик