Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Vinisius Junior “Real Madrid”ning super yulduziga aylandi. Braziliyalik qanday natijalar ko‘rsatmoqda?

Vinisius Junior “Real Madrid”ning super yulduziga aylandi. Braziliyalik qanday natijalar ko‘rsatmoqda?

Baho:
+ | -

Agar siz Yevropaning barcha beshta top-ligasini bir musobaqa sifatida birlashtirsangiz va turnir jadvaliga qarasangiz, “Real Madrid” 17 turdan so‘ng 42 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bo‘lardi. Madridliklar ligada PSJdan keyingi o‘rinni egallardi. Shunigdek, Bndesligada deyarli raqobatchilari yo‘q “Bavariya”dan ham yuqoriroqda bo‘lardi.

“Real Madrid” har bir o‘yinda o‘rtacha deyarli 2,5 ochko to‘pladi. Bu har qanday sharoitda va “Barselona”ning formasidan qat’i nazar, juda kuchli natija. Ammo, agar kutilgan gollar va o‘tkazib yuborilgan gollar o‘rtasidagi farqni olsak, “Real” ligalar umumiy jadvalida kuchli o‘nlikka ham kira olmasdi. 18-o‘rin (Statsbomb ma’lumotlari). Ular bu yerda “Lans”, “Atalanta”, “Lill” va “Borussiya Dortmund” bilan joylashgan. Qolaversa, yaratilgan imkoniyatlar farqiga ko‘ra, “Real” Ispaniyada kuchli 3-likka ham kirmaydi.

 

Bu nima degani? Xulosa shuki, hozirgi natijalar o‘yin sifati bilan to‘liq qanoatlanmaydi. Yaxshi o‘yin bilan ajoyib natijalar (va ba’zan himoyada o‘rtacha ko‘rsatkich) - bu jamoani oldinga tortadigan yetakchilarning xizmatlari.

Kurtua va Benzema. Ikkinchisi hatto “Oltin to‘p”ning yakuniy reytingida to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Biroq, Vinisiusning o‘yini hali ham kam baholanmoqda.

Agar “Real Madrid” o‘yinlarini kamdan-kam ko‘rsangiz, ehtimol siz uchun Vinisius hali ham texnikaviy, ammo o‘ziga ishonchsiz bola bo‘lib tuyular, ammo, aslida bunday emas. Braziliyalik hozir boshqa o‘yinchi.

Uning yaxshi tomonga o‘zgarganini tasdiqlovchi bir nechta raqamlar bor. Joriy mavsumda Vinisius chempionatning 15 turida ilk daqiqalardan maydonga tushdi. Shuningdek, ikki marta zaxiradan qo‘shildi - jami 1338 daqiqa. Ushbu vaqt davomida hujumchi 10 ta gol urdi. Oldingi uch mavsumda u 4202 daqiqada 8ta gol urgan. Ya’ni avvalgi mavsumda u har 525 daqiqada bir marta gol urgan, endi esa har 134 daqiqada o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ygan. Shuningdek, uning gollarga golli uzatmalarni ham qo‘shish mumkin, farq ham xuddi shunday ajoyib: joriy mavsum Junior to‘rtta uzatma muallifiga aylandi, avvalgi yilda esa uchta marta sheriklariga gol urishi uchun ajoyib imkoniyat yaratib bergandi.

Boshqa ma’lumotlar kontekstni tushunishga yordam beradi. O‘tgan mavsum bilan solishtirganda, ushbu yilda Vinisius tez-tez darvoza tomon zarba beradi (o‘tgan mavsum: 34 daqiqada bir marta, hozir: har 31 daqiqada bir marta), ammo gollar sonidagi farq nomutanosib ravishda yuqori. Ispaniyada yillar davomida birinchi marta uning zarbasi aniqligi dan oshdi (avval 50%, hozir 58%). Braziliyalik ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Benzema, Suares, Depaynikidan yuqori o‘rinda. Vinisius har to‘rtinchi zarbada gol uradi, bunday sermahsullik Juniorda har doim ham bo‘lmagan.

Ammo, bunday yuqori ko‘rsatkich uning imkoniyatlar sifatini oshirgani yo‘q. Uning bitta zarbasi o‘rtacha xavfi o‘tgan mavsum bilan bir xil (0,15 xG, o‘tgan mavsum ham 0,15 edi).

To‘rt oy davomida Vinisiusning imkoniyatlardan foydalanish ko‘rsatkichi juda yuqori darajada bo‘ldi. Ha, u boshqa o‘yinchiga aylandi yoki endi u faqat shunday natija ko‘rsatadi deb aytish uchun bu juda kichik segment. Ammo, yarim mavsum davomida ko‘rsatgan bunday katta natijjasi oldinga tashlangan katta qadam. Albatta, bu Karlo Anchelottining xizmatlari. Mutaxassis iyun oyi boshida, jamoaga qo‘shilgach, italiyalik Vinisius ko‘p gol urishi kerakligini aytdi. O‘shanda bu hazilga o‘xshardi. Ammo Anchelotti o‘yinchilarni ochib berish va ularga ishonch berishni o‘z joyiga qo‘yadi. Braziliyalik futbolchining “Levante”ga qarshi o‘yindagi dublidan so‘ng shunday iqtidor xohlagancha gol urish mumkinligini aytdi. Keyin - uni dunyodagi ikkinchi eng yaxshisi (Benzemadan keyin) deb atadi. Keyin esa Vinisius kabi futbolchilar Ispaniyaga Messi va Ronaldu davrini unuttirishi mumkinligini aytdi. Yana bu gapning xolisligini bir chetga surib qo‘yaylik. Muhimi, bunday maqtovlar fonida hujumchi Chempionlar ligasining 15 ta o‘yinida 14 ta va 6 ta o‘yinda 5 ta samarali harakat qilgan.

Anchelotti boshchiligidagi dastlabki o‘yinlardayoq Vinisiusning vaziyatlardan foydalanish bo‘yicha qanday o‘zgarganini sezish qiyin emas. Masalan, uning “Levante” darvozasiga urgan golini olaylik. Bu vaziyat juda yaxshi, ammo unga himoyachi to‘sqinlik qilib turibdi - o‘tgan mavsumda Vini muntazam ravishda bunday vaziyatlarda va qarshisida hech kim yo‘q bo‘lgan imkoniyatlarni o‘tkazib yubordi. Endi esa himoyachidan uzoqlashish uchun qulay tarzda darvozabonning oyog‘i ostidan mohirona zarba berdi.

Benzema bilan o‘zaro aloqalar haqida alohida aytib o‘tish kerak. Bu ikki futbolchi orasida qadaydir bbo0liqlik bor. Oldin Benzema muntazam ravishda qorong‘ulikda, hatto yarimhimoyada ham harakat qiladi. Bu holatda yo fransuzning markazda ortiqcha yuk bo‘lishiga rozi bo‘lishingiz kerak, yoki zaxira futbolchisiga aylantirishingiz kerak. Birinchi holatda Benzemaning o‘zi himoyani chalg‘tib qo‘yishi qo‘yishi mumkin, ikkinchisida esa Vinisius o‘zi yaratgan zonaga kirib, Benzema oldidan himoyachilarni uzoqlashtiradi va Karimga ajoyib pas.

 

Boshqacha qilib aytganda, Vinisius raqiblar uchun qiyinchilik keltirib chiqardi.  U orqasidan himoyachilarni eergashtirib yuradi va o‘tkir burchakdan ham yaxshi zarba beradi, agar u chiziqlar orasida bo‘shliq bo‘lsa, uzoqdan zarba yo‘llab gol uradi.

“Atletiko”ga qarshi asosiy bahsda Vinisius gol ura olmadi, biroq ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Qo‘shimcha qilish kerakki, braziliyalik nafaqat sermahsul, balki hal qiluvchi gollar ham urmoqda. Uning dubli “Elche” ustidan g‘alaba qozonildi, uning goli “Sevilya” (jadvalda ikkinchi o‘rinda borayotgan jamoa), “Selta” va “Real Sosyedad” ustidan g‘alaba qozonishga yordam berdi.

Umuman olganda, “aqlli” so‘zi Viniga juda mos keladi. Junior ko‘p gol urmoqda, assistentlik qilmoqda, fintlar amalga oshirmoqda (asosan Ispaniyada), lekin birinchi navbatda - doimo nimadir kashf qiladi. Bu nafaqat qiyin o‘yinlarda ajralib turadigan, balki o‘yinini orqali muxlisni zavqlantiradigan o‘yinchi. Qancha davom etishini oldindan aytishni istamaymiz, lekin albatta, Vinisiusning ajoyib o‘yini uzoq davom etadi deb umid qilamiz.

Manba: Sports.ru
Kiritildi: 17:03, 18.12.2021.
O'qildi: 3373 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.