Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 0-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Rasman! "Navbahor" Azimjon Ahmedov bilan shartnomani uzaytirdi

Rasman! "Navbahor" Azimjon Ahmedov bilan shartnomani uzaytirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bir necha yillardan buyon sardor sifatida “Navbahor” muvaffaqiyatlarga katta ulush qo‘shib kelayotgan yarim himoyachi Azimjon Ahmedov 2022 yilni ham “lochinlar” safida o‘tkazadi. U bilan amaldagi shartnoma muddati uzaytirildi.

Ushbu futbolchi “Navbahor”ga bo‘lgan sadoqatini yana bir bor namoyish etib, jamoamizning ulkan maqsadlarini amalga oshirishida ko‘makdosh bo‘lishini bildirdi. “Navbahor” PFK Azimjon Ahmedovga jamoamiz bilan hamkorlikni davom ettirayotganidan mamnun ekanligini bildirib, unga omad va muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilab qoladi.

Ma’lumot uchun, Azimjon Ahmedov Superliga 2021 yilgi mavsumida 24 o‘yinda maydonga tushib, 2105 daqiqa to‘p tepdi va o‘z hisobiga 3 ta gol yozdirib qo‘ydi. Umid qilamizki, Azimjon 2022 yilgi mavsumda ham yetakchilik salohiyati, mahorat va tajribasi va albatta, qoyilmaqom “pushka” zarbalari-yu chiroyli gollari bilan “Navbahor” g‘alabalariga munosib ulush qo‘shadi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Kiritildi: 00:16, 06.01.2022.
O'qildi: 1263 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик