Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Futbol maydonlarini yaxshilash bo‘yicha ishlar davom etmoqda

Futbol maydonlarini yaxshilash bo‘yicha ishlar davom etmoqda

Baho:
+ | -

Avval xabar berganimizdek, professional futbol klublariga ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli sarflanishini monitoring qilish, klublarning infratuzilma va akademiyani rivojlantirish, shuningdek, maydonlarni xalqaro standartlarga moslashtirish va ularni sifatli saqlashga yo‘naltirishini ta’minlash maqsadida professional futbol klublarining yillik xarajatlar smetasi O‘FA bilan kelishilgan holda tasdiqlanishi belgilandi.

Yillik xarajatlar smetasi asosida moliyaviy mablag‘larni ajratilishida, xususan, stadion va maydon parvarishiga ustuvor maqsad bo‘ladi.

Bugun O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov maydoni yangilanayotgan JAR majmuasini borib ko‘rdi.  

Tashrif davomida mas’ullar bilan suhbatlashib, futbol klublarining maydonlarini yaxshilash, stadionlar holatini xalqaro standartlarga moslashtirish borasida fikr almashildi.

Ravshan Ermatov maydonlar bevosita futbolning sifatiga ta’sir qilishi, ularni o‘yinlarga tayyorlash va chimlarni doimiy nazorat ostida ushlash kerakligini aytdi. Buning uchun, futbol maydonini sifatiga ham ilmiy yondashish va yurtimizda zamon futboliga munosib maydonlarni puxta tashkil etish zarurligini ta’kidladi.

JAR majmuasidagi maydonni ham mamlakatimiz iqlimini inobatga olgan holda uzoq muddatli xizmat qiladigan etib tayyorlash bo‘yicha mutaxassislarga topshiriq berildi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 21:59, 10.01.2022.
O'qildi: 1764 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик