«Roma» hujumchisi Borxa Mayoral qishki transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Shkira.
Manbaga ko‘ra, 24 yoshli ispaniyalik futbolchiga «Xetafe» qiziqish bildirmoqda. Xabar qilinishicha, klub hujumchini 2021/22 yilgi mavsum yakuniga qadar ijaraga olmoqchi.
Joriy mavsumda Mayoral «Roma» tarkibida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.