Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/02 01:00 Inter 1-2 Bude-Glimt
25/02 01:00 Bayer 0-0 Olimpiakos
25/02 01:00 Nyukasl 3-2 Qorabog‘
25/02 22:45 Atalanta - Borussiya D
26/02 01:00 PSJ - Monako
26/02 01:00 Real Madrid - Benfika
26/02 01:00 Yuventus - Galatasaroy

Pogbani xafa qilishdi. Unga 3 ta granddan taklif bor

Pogbani xafa qilishdi. Unga 3 ta granddan taklif bor

Baho:
+ | -

PSJ yozda erkin agentga aylanishi mumkin bo‘lgan “Manchester Yunayted” yarimhimoyachisi Pol Pogbani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

“L’Équipe” nashrining yozishicha, parijliklar futbolchiga jiddiy qiziqish bildirishmoqda. Shuningdek, Pogba faoliyatini “Real” yoki “Yuventus”da davom ettirishi ehtimoli bor.

Qayd etilishicha, Pogba “Manchester Yunayted”da qolmoqchi emas. U bosh murabbiy Ralf Rangnikning so‘zlaridan hafsalasi pir bo‘ldi, u yarimhimoyachining kelajagi haqidagi savolga javob berar ekan: “Men “Manchester Yunayted”da o‘ynashni istamaydigan odamni ishontirishga asos ko‘rmayapman”, degan gapni aytgan.

Hozir fransiyalik jarohat olgan, u noyabr oyi boshida milliy terma jamoa lagerida sonidan jarohat olgan edi. Uning tiklanishi kechikdi, shuning uchun Pogba 4-5 haftadan keyin mashg‘ulotlarga qaytadi.

Kiritildi: 15:28, 12.01.2022.
O'qildi: 4523 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.