Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

“Metallurg” o‘z tarkibiga ikki nafar yangi o‘yinchini qo‘shib oldi

“Metallurg” o‘z tarkibiga ikki nafar yangi o‘yinchini qo‘shib oldi

Baho:
+ | -

Kecha o‘z uyida yangi mavsum tayyorgarligini boshlagan Bekobodning “Metallurg” jamoasi tarkibini ikki nafar yangi futbolchi bilan to‘ldirdi. Ulardan biri darvozabon Akmal Ortiqov bo‘lsa, ikkinchisi himoyachi Farhod Bekmurodovdir. Har ikkala futbolchili bilan rasman shartnoma imzolandi.

Tajribali darvozabon Akmal Ortiqov o‘tgan mavsumni Superliga debyutanti “Turon” jamoasida o‘tkazib, muxlislarda iliq taassurot qoldirgandi. Bekobodliklar safida Akmalning mahorati qo‘l kelishi aniq. U jamoaning birinchi raqamli posboni Aleksandr Lobanovga tarkibda sog‘lom raqobat ko‘rsatishiga ishonamiz. Qiziq jihati Ortiqov “Metallurg”ga jamoani tark etgan adashi – Akmal Tursunboyev o‘rniga jalb etildi.

Akmal Ortiqov kuchlilar safida 2012 yilgi mavsumdan faoliyat yuritib kelayapti. U turli yillarda “Navbahor”, “Olmaliq”, “Andijon”, “Turon” jamoalari tarkibida faoliyat yuritdi. Asosiy tarkibda 53 uchrashuvda maydonga tushdi. 5 marta ogohlantirilgan.

Farhod Bekmurodov esa bekobodliklar safiga “Qo‘qon 1912” jamoasidan kelib qo‘shildi. Aslida “Metallurg” Bekmurodovga bir necha mavsum ilgari – “Andijon”da o‘ynab yurgan kezlari “ko‘z tikkandi”. Farhod Superliganing tajribali yarim himoyachilaridan biri sanaladi. U faoliyati davomida “Andijon”, “Lokomotiv” hamda “Qo‘qon 1912” jamoalari tarkibida 88 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Raqiblar darvozasiga 4 ta gol kiritgan. 25 marta ogohlantirilgan.

Manba: Металлург клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 18:14, 12.01.2022.
O'qildi: 1803 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.