Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Mbappe, Holand? Muvozanatni o‘zgartirgan futbolchi – Vinisius Junior!

Mbappe, Holand? Muvozanatni o‘zgartirgan futbolchi – Vinisius Junior!

Baho:
+ | -1

Ikkiminginchi yillar avvalida Xose de Oliveyra Junior 4 nafar farzandning otasi bo‘lib ulgurgandi. Kenja o‘g‘il Vini tug‘ilgan kezlar kechki ovqat uchun stol ustiga qo‘yiladigan yegulik doim ham katta oilaning barcha a’zolariga yetavermasdi...

Bugun “Real” tarkibida dunyoni zabt eta boshlagan Vinisius Juniorning qissasining shunday boshlak bo‘ladi. Lekin, keling biroz kirish qismini o‘zgartiramiz.

Dunyo futbolida “merosxo‘r” masalasi allaqachon kun tartibida. Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o‘rtasidagigi yuqori raqobat natijasija ikkimingchi yillar o‘rtasidan buyon futbol tamomila o‘zgardi, desak bo‘lar. Bugunimizga kelib esa ular ketgach o‘zaro raqobatlashuvchilar kim bo‘ladi, degan savol havoda muallaq turibdi. Oxirgi ikki yildan buyon Kilian Mbappe va Erling Holand nomi tinmay aytilayotgandi bu kontekstda. Joriy mavsum avvalidan buyon esa menimcha ular qatoriga yana bir nom qo‘shildi. Vinisius Junior.

UzReport TV va Futbol TV orqali La Liga o‘yinlarini sharhlar ekanman Vini ko‘z o‘ngimda o‘zgardi. E’tiborlisi uning o‘yin sifati trayektoriyasi keskin sakrash ko‘rinishidagi izga ega. O‘tgan mavsum avvalidagi uchrashuvlarni eslaydigan bo‘lsak ham Juniorning harakatlarida no‘noqlik, takrorlanish va ortiqcha elementlar mavjud edi. Biroq, endi hammasi o‘zgardi. U klub hujumining ajralmas bo‘lagiga aylanib, maydon bo‘ylab yetakchilik fe’lini ko‘rsatmoqda va eng muhimi gol va uzatmalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqori foydali futbolchi bo‘lib ulgurdi.

Mana endi boshlagan nuqtamizga qaytamiz va davom etamiz.

Vini tug‘ilgan kezlar kechki ovqat uchun stol ustiga qo‘yiladigan yegulik doim ham katta oilaning barcha a’zolariga yetavermasdi. Ha, Braziyada biror oilaning tanglikdan farovonlikka chiqishi uchun bir necha mashhur yo‘llar bor. Masalan, Vinisius tug‘ilgan San-Gonsalu munisipolitetida o‘smir bolakay oldidan ko‘pincha ikki yo‘l turadi – jinoyat olami yoki futbol olami. U va oilasi ikkinchi yo‘lni tanladi. 6 yoshida mahalliy jamoa safida to‘p tepa boshlagan bolakay darhol “Flamengo” skautlari e’tiboriga tushdi. O‘smirligidan qo‘lidan telefon tushmaydigan, video o‘yinlarga mukkasidan ketgan Junior do‘stlari bilan FIFA video o‘yinini o‘ynagudek bo‘lsa odatda “Barselona”ni tanlardi. Aytishlaricha, u Messining harakatlaridan ko‘p ta’sirlangan. Biroq, boshqa bir futbolchi borki, Vini uni o‘ziga kumir deb bilardi o‘sha davrlarda. Robinyo! Uning “Santos”, “Real” va “Manchester Siti” tarkibidagi o‘yinlarni doim kuzatib boradigan Vinisiusning harakatlariga bugun nazar tashlansa aynan Robinyoda bo‘lgan teknik elementlarni ko‘rish mumkin. Lekin bilamizki, Robinyo o‘z potensialini (ma’lum sabablarga ko‘ra) o‘zi yo‘qqa chiqargan futbolchilar sirasiga kiradi.

Vinisius va uning Braziliyadagi yoshlik davrlariga qaytsak. 10 yoshigacha “Flamengo”dagi tengdoshlari bilan 20 dan ortiq turli musobaqalarda g‘alaba qozongan qahramonimiz muntazam ta’lim olish uchun klub akademiyasiga qabul qilinadi. Bu yerdan u to asosiy jamoaning asosiy tarkibigacha o‘sib yetishadi. 2017 yilda Braziyali A seriyasida debyut qilgan futbolchi bilan shartnoma uzaytiriladi. Uni ancha qimmatroqqa sotishi mumkinligi anglagan klub 2022 yilgacha shartnoma ishlab chiqib, tovon pulini 45 million yevro etib belgilaydi. O‘sha davrda “Flamengo”dagi javohirni birinchilardan bo‘lib “MYU” ilg‘agani aytiladi. Ammo Ed Vudvord yosh futbolchi uchun 45 million yevro juda katta mablag‘ deb hisoblab bu xariddan voz kechadi. Biroq, “Real Madrid” va Florentino Peresni bu raqamlar bilan cho‘chitib bo‘lmacdi...

Davomi bor.

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 09:30, 13.01.2022.
O'qildi: 6367 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.