Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Ushbu futbol liboslaridan foydalanish taqiqlab qo‘yilgan. Nega bunday qilingan?

Ushbu futbol liboslaridan foydalanish taqiqlab qo‘yilgan. Nega bunday qilingan?

Baho:
+ | -

Har qaysi zamonda ham qonunlar doimo hal qiluvchi so‘zni aytgan. Hatto, futbol ushbu qarorlarga qarshi chiqa olmaydi. Futbol tarixida shunday voqealar bo‘lganki, bu sizni hayron qoldirishi shubhasiz. Ulardan biri Kamerun terma jamoasi bilan sodir bo‘lgan. Terma jamoa ikki marotaba o‘zlari uchun tayyorlangan maxsus formalarni kiyishdan mahrum etilgan. Bunday holat tarixda bir necha marta takrorlangan. Ushbu ta’qiqlar ma’lum mamlakat qonunlari yoki urf-odatlariga mos kelmagani yoxud futbol tashkilotlari qarashlariga zid bo‘lgani tufayli kelib chiqqan. Quyida sizlarga ana shunday holatga tushgan jamoalarni taqdim etamiz.

1. «Fiorentina» – 1993-94 yillar. «Lotto» kompaniyasi tomonidan tayyorlangan mehmon uchun forma


Izoh: ushbu libos tekshirilganida, unda aks etgan timsol va ranglarda nasizm (fashizm) belgisi borligi aniqlanadi.

2. Kamerun – 2002 yil. «Puma» tomonidan tayyorlangan uy libosi


Izoh: FIFA ushbu maxsus yengsiz kiyimni turnir qoidalariga mos kelmagani sabab, foydalanishni taqiqlab qo‘ygan edi.

3. Kamerun – 2004 yil. «Puma» tomonidan tayyorlangan uy libosi


Izoh: g‘arbiy Afrika vakillari mazkur o‘ziga xos bayroq rangidagi libosni tayyorlashgan edi. Ammo FIFA yana bir bor ushbu formalarga taqiq qo‘yadi. Tashkilot «barcha futbolka hamda shortiklar alohida libos elementlariga ega bo‘lishi kerak» deb hisoblagan edi.

4. Braziliya – 2013 yil. «Nike» tomonidan tayyorlangan uchinchi raqamli libos


Izoh: Braziliya Futbol ittifoqi ushbu libosda qadimiy qoidalar aks etgani sabab, uni kiyishni taqiqlab qo‘yadi. Chunki futbolka rangi butunlay qoraga bo‘yalgandi. Shu sabab, o‘sha yilda braziliyaliklar uyda faqat sariq, mehmonda esa ko‘k liboslardan foydalanishgan.

5. Argentina – 1994-95 yillar. «Adidas» tomonidan tayyorlangan uy libosi


Izoh: umuman olganda, libos Argentinaning an’anaviy rangida ishlangandek ko‘rinadi. Ammo unga yaxshilab razm solinsa, futbolkaning oq hamda moviy ranglar kesishmasida qora rang ham aralashib qolganini payqash mumkin. Bu narsa o‘z navbatida Argentina Futbol birlashmasining noroziligi va chekloviga sabab bo‘ladi.

 

 

Ismatov J.

Manba: futaa.com
Kiritildi: 18:00, 14.01.2022.
O'qildi: 4651 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.