Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Bundesliga. “Borussiya D” “Frayburg” darvozasiga 5 ta gol urib, g‘alaba qozondi

Bundesliga. “Borussiya D” “Frayburg” darvozasiga 5 ta gol urib, g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Bugun, 15 yanvar kuni Germaniya Bundesligasining 19-turidan o‘rin olgan “Borussiya Dortmund” – “Frayburg” uchrashuvi yakuniga yetdi. Uchrashuv Germaniyaning Dortmund shahridagi “Signal Iduna Park” stadionida bo‘lib o‘tdi. O‘yin mezbonlarning 5:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvning 14-daqiqasida Yulian Brandtning pasidan so‘ng Tomas Myonye hisobni ochdi. 15-daqiqadan so‘ng mezbon jamoa futbolchilari ikkinchi golni urishdi va belgiyalik dubl qayd etdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Erling Xoland ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi (Jud Bellingemning uzatmasi). Ermedin Demirovich hisobni bittaga qisqartirdi, ammo 75-daqiqada Xoland dubl qayd etdi va “Borussiya”ning 3 ta to‘p farqini qaytardi. Uchrashuv yakunida Mahmud Daud jamoasining beshinchi golini kiritdi.

Dortmundning “Borussiya” klubi 40 ochko jamg‘arib, Germaniya chempionati turnir jadvalida 2-o‘ringa joylashdi. Frayburg (30) - 4-o‘rin.

 

“Borussiya Dortmund” – “Frayburg” – 5:1

Gollar: 1:0 – 14 MenYE, 2:0 – 29 MenYE, 3:0 – 45 Xoland, 3:1 – 61 Demirovich, 4:1 – 75 Xoland, 5:1 – 86 Daud.

Borussiya D” – Kobel, Menye (Volf, 75), Xummels, Djan (Akandji, 46), Gerreyru (Shuls, 71), Brandt, Daud, Bellingem (Vitsel, 85), Roys (Azar, 71), Malen, Xoland.

Frayburg” – Upxoff, Kyubler, Gulde, Linxart, Gyunter, Shallai (Vaysxaupt, 65), Grifo (Shade, 46), Xefler, Xaberer (Kaytel, 65), Chjon Vu Yen (Demirovich, 46), Xeler (Petersen, 81).

Ogohlantirishlar: Brandt (76), Xoland (88).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 03:49, 15.01.2022.
O'qildi: 1925 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик