Yarim himoyachi Serxio Oliveyra "Roma"dagi debyutida gol urdi.
29 yoshli yarim himoyachi rimliklar tomonidan 12 yanvar kuni “Portu”dan ijaraga olingandi va bugun u A Seriyaning “Kalyari” klubiga qarshi o‘yinda (1:0) maydonga tushdi.
32-daqiqada “Roma” foydasiga penalti belgilandi. Portugaliyalik 11 metrlik nuqtadan aniq zarba berdi.