Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

“Real” — Ispaniya Superkubogi sohibi

“Real” — Ispaniya Superkubogi sohibi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Bugun, 16 yanvar kuni Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni) shahridagi “Qirol Fahd” stadionida Ispaniya Superkubogi finali “Atletik” – “Real” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. “Qaymoqranglilar” g‘alaba qozonishdi – 2:0.

38-daqiqada yarimhimoyachisi Luka Modrich hisobni ochdi, unga Rodrigo yordam berdi. Uchrashuvning 52-daqiqasida “Real” hujumchisi Karim Benzema penaltidan jamoasining ustunligini ikkitaga oshirdi.

87-daqiqada bosh hakam Sezar Soto Grado “Real” himoyachisi Eder Militaoni o‘z jarima maydonchasi ichida qo‘l bilan to‘p surgani uchun maydondan chetlatdi va shundan so‘ng “qirollik klubi” darvozasiga 11 metrlik zarba belgiladi. Ammo, “Atletik” yarimhimoyachisi Raul Garsiya Tibo Kurtuani alday olmadi.

“Atletik” turnirning 1/2 finalida “Atletiko Madrid”ni mag‘lub etib (2:1) Ispaniya Superkubogi finaliga chiqdi. “Real” esa o‘z navbatida qo‘shimcha bo‘limlarda “Barselona”dan ustun keldi (3:2).

“Atletik” — “Real Madrid” – 0:2

Gollar: 0:1 – 38 Modrich, 0:2 – 52, penalti Benzema.

Atletik” – Unai Simon, De Markos, Martines, Yeray Alvares, Balensiaga (Berchiche, 58), Dani Garsiya, Sarraga (Vesga, 58), Sanset (Raul Garsiya, 58), Berenger (Uilyams, 46), Uilyams, Muniain (Serrano, 81).

Real Madrid” – Kurtua, Alaba, Militao, Mendi, Modrich, Kroos, Kazemiro, Vaskes (Nacho, 90), Benzema, Vinisius Junior (Marselo, 86), Rodrigo (Valverde, 64).

Ogohlantirish: Dani Garsiya (77), Yeray Alvares (90).

Chetlatish: Militao (87).

Kiritildi: 01:34, 17.01.2022.
O'qildi: 4235 marta.
Fikrlar: 37 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик