Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya

“Real” ham bo‘sh kelmayapti. Madrid klubi Mbappega 6 yillik shartnoma va ko‘plab bonuslar taklif qildi

“Real” ham bo‘sh kelmayapti. Madrid klubi Mbappega 6 yillik shartnoma va ko‘plab bonuslar taklif qildi

Baho:
+ | -

“Real Madrid” kelasi yozda erkin agentga aylanishi mumkin bo‘lgan PSJ hujumchisi Kilian Mbappe bilan shartnoma shartlari bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishishga urinib ko‘rmoqda.

AVS nashri xabariga ko‘ra, Madrid klubi futbolchi bilan yiliga 21 million yevro maosh oladigan 6 yillik shartnoma borasida kelishib olgan. Qo‘shimchasiga Mbappe 40 million yevro bonus oladi. Shuningdek, u vizual huquqlarning 50 foizini oladi.

Xabar qilinishicha, PSJ Mbappega 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida o‘z futbolchisi sifatida o‘ynash imkoniyati bilan 2024 yilgacha shartnoma taklif qilgan. Agar Kilian Fransiyada qolishga rozi bo‘lsa, “Real” Mbappe fikridan voz kechadi.

23 yoshli hujumchi joriy mavsumda PSJ safida barcha turnirlar doirasida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 01:20, 20.01.2022.
O'qildi: 4452 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.