Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Qirg‘izistonda ikki nafar futbolchi YTH natijasida vafot etdi

Qirg‘izistonda ikki nafar futbolchi YTH natijasida vafot etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Yangiliklar

Shu yilning 20 yanvar kuni Botken-O‘sh trassasida ro‘y bergan avtohalokat natijasida «Oloy» klubining ikki nafar futbolchisi vafot etdi. Bu haqda O‘sh shahar post patrul xizmati xabar tarqatmoqda.

Xabarga ko‘ra,  Nookat shahridan O‘sh shahriga kiraverishda ikki avtomobil  — Mercedes va Hyundai Porter to‘qnashib ketgan. Hodisa oqibatida ikki nafar inson hayotdan ko‘z yumgan, bir nafari esa og‘ir jarohat olgan.

O‘shning «Oloy» klubi o‘zining "Instagram"dagi rasmiy sahifasida avtohalokat natijasida jamoaning ikki nafar futbolchisi — 23 yoshli Jaxongir Maxmudov va 21 yoshli Asad Alimovlar vafot etgan.

Klubdagilarning xabariga ko‘ra, Alimov avvallari «Oloy» klubining yoshlar tarkibida o‘ynagan va 2020 yilning yanvar oyida asosiy tarkibga qo‘shilgandi.

Jaxongir Maxmudov esa jamoa tarkibiga 2018 yilning yanvar oyida kelib qo‘shilgandi.

«Asadbek va Jaxongirlarni jamoadoshlari va murabbiylar qattiq hurmat qilishardi. Ular mehribon, xotirjam va e’tiborli insonlar sifatida qadrlanardi. Rahbariyat, murabbiylar shtabi va futbolchilar bu yo‘qotish uchun qayg‘uradi va oila-a’zolariga hamdardlik bildiradi. Biz Jaxongir va Asadbeklar haqida yaxshi xotiralarni saqlab qolamiz», — deyiladi klubning rasmiy bayonotida.

«Nur-Botken» klubining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, futbolchilar yaqinda ular bilan shartnoma imzolagan va klub safiga qo‘shilishlari kerak edi.

«Ular 10 yanvardan 20 yanvargacha Batkenda ko‘rikdan o‘tishgandi va jamoamiz bilan shartnoma imzolashgandi. O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan turnirda ishtirok etishlari kerak edi va 23 yanvargacha dam olish uchun o‘z uylariga ketishayotgandi. Klub va shahar nomidan Asadbek va Jaxongirlarning oila-a’zolariga chuqur hamdardlik bildiramiz», — deyiladi klubning "Instagram"dagi rasmiy sahifasida.

Kiritildi: 20:15, 23.01.2022.
O'qildi: 2499 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик